Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi

© Sputnik / /Anton KurilkinMedrese v Buxare
Medrese v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
Davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va “Moziydan sado” jurnalini yuritish ushbu agentlikka o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi negizida Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.
Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va “Moziydan sado” jurnalini yuritish Madaniy meros agentligiga o‘tkaziladi.
Ichan-Kala vecherom. Xiva, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va sport vazirligi tashkil etilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0