Farg‘onalik otaxonlar 7 kunda Samarqandga borib kelishdi - foto

Obuna bo‘lish
Farg‘onalik 30 nafar nuroniy va otaxonlar 7 kunda velosipedda Samarqandga borib kelishdi.
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Farg‘onalik otaxonlar 7 kunda velosipedda samarqandga borib kelishdi. Kecha, 6-aprel kuni ular Farg‘onada tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.
Ma’lum bo‘lishicha 30 nafar nuroniy va otaxonlar 31-mart kuni Qo‘shtepa tumanidan Samarqand shahrigacha velosipedda yo‘lga chiqishgan. Farg‘onadan Samarqandgacha masofa o‘rtacha 630 kilometrni tashkil qiladi.
Ushbu velomarfaonning asosiy maqsadi - sog‘lom turmush tarzini va ommaviy sportni aholi orasida keng targ‘ib etish.
Otaxonlar orasi yoshi eng katta bo‘lgan ishtirokchi – 79 yoshda. Velosiped ishtiyoqmandlari bundan oldin butun Farg‘ona vodiysini velosipedda aylanib chiqishgan va Toshkentga ham borib kelishgan.
Kelgusi reja – Qirg‘izistonning O‘sh shahriga velosayohat uyushtirsh.
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Yangiliklar lentasi
0