https://oz.sputniknews.uz/20210406/rossiya-ozbekistonga-20-ta-zamonaviy-tez-yordam-mashinasini-topshirdi-18171553.html
Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi
Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini berdi. Ulardan 16 tasi “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 tasi
2021-04-06T11:16+0500
2021-04-06T11:16+0500
2021-04-06T11:19+0500
innoprom 2021
o‘zbekiston
toshkent
avtomobil
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18169216_0:186:1280:906_1920x0_80_0_0_f6803d74be6e65395f3f1b3a67ecb95d.jpg.webp
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini berdi. Ulardan 16 tasi “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 tasi esa “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasidir.Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.Avtozavod matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Sobol 4×4” tez yordam mashinasi panoramali oyna, yuqori issiq va shovqindan himoya qilish tizimiga ega. Avtomobil kislorod berish tizimi va ko‘chma aravachalar bilan jihozlangan. “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxish qo‘yish va davolash tadbirlari uchun mo‘ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yo‘nalishdagi shifokorlar o‘z ishlarini olib borishlari mumkin.Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.“Bugun (5 aprel – tahr.) topshirilgan mashinalar respublika aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ayniqsa bu olis aholi punktlariga taalluqli, yaxshilash imkonini beradi. O‘zbekiston hukumatidagi hamkasblar va tibbiyot xodimlari mashinalarimizning yuqori sifatini qayd etishdi”, - dedi Nijegorodskaya viloyati gubernatori Gleb Nikitin.Gorkiy zavodi ham “Innoprom” ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini qo‘ygan: yo‘lovchi tashish, kommunal xizmat, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari avtomobillari.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18169216_75:86:1240:960_1920x0_80_0_0_2437f3f9a169c3ad800fdc2c59caa27d.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
innoprom 2021, o‘zbekiston, toshkent, avtomobil, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
innoprom 2021, o‘zbekiston, toshkent, avtomobil, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Rossiya O‘zbekistonga 20 ta zamonaviy tez yordam mashinasini topshirdi
11:16 06.04.2021 (yangilandi: 11:19 06.04.2021) Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya “Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga 20 ta tez yordam mashinasini berdi. Ulardan 16 tasi “Sobol” yo‘ltanlamasi va 4 tasi esa “GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasidir.
Mashinalarni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan Gorkiy avtozavodi ishlab chiqargan.
Avtozavod matbuot xizmatining
ma’lum qilishicha, “Sobol 4×4” tez yordam mashinasi panoramali oyna, yuqori issiq va shovqindan himoya qilish tizimiga ega. Avtomobil kislorod berish tizimi va ko‘chma aravachalar bilan jihozlangan.
“GAZel NEXT” mobil tibbiyot majmuasi sayyor tibbiy ko‘riklar, profilaktika, tashxish qo‘yish va davolash tadbirlari uchun mo‘ljallangan. Har bir mobil markaz bu deyarli ikkita to‘laqonli tibbiyot xonasidir. U yerda turli yo‘nalishdagi shifokorlar o‘z ishlarini olib borishlari mumkin.
Xonalar alohida kirish joyiga ega va alohida sanuzellar bilan jihozlangan.
“Bugun (5 aprel – tahr.) topshirilgan mashinalar respublika aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ayniqsa bu olis aholi punktlariga taalluqli, yaxshilash imkonini beradi. O‘zbekiston hukumatidagi hamkasblar va tibbiyot xodimlari mashinalarimizning yuqori sifatini qayd etishdi”, - dedi Nijegorodskaya viloyati gubernatori Gleb Nikitin.
Gorkiy zavodi ham “Innoprom” ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini qo‘ygan: yo‘lovchi tashish, kommunal xizmat, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari avtomobillari.