Qozog‘iston prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

© Sputnik / / Vladislav VodnevPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Obuna bo‘lish
Qasim-Jomart Toqayev koronavirusga qarshi Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev koronavirusga qarshi Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda uning matbuot kotibi Berik Uali xabar qildi.
“Bugun davlat rahbari “Sputnik V” vaksinasini oldi. Emlangandan keyin uning ahvoli yaxshi. Hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘q. Prezident faqat Qozog‘iston fuqarolarini emlash va jamoaviy immunitet shakllanishi koronavirus ustidan g‘alaba qozonishga, barcha cheklovlarni olib tashlashga, fuqarolarning odatiy hayoti va iqtisodiy faoliyatni tiklashni ta’minlashga imkon berishiga ishonchi komil”, - deya yozgan Uali Facebook᾽da.
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
"Birdaniga 22 qurbon": Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Qasim-Jomart Toqayev yana bir bor fuqarolarni birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan emlanishga chorlagan.
Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash 1-fevraldan boshlangan. 15-fevraldan esa emlash uchun Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasidan foydalanila boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0