https://oz.sputniknews.uz/20210406/manba-sputnik-v-kovidning-yangi-shtammlaridan-pfizerga-qaraganda-yaxshiroq-himoya-qiladi-18173306.html
Manba: “Sputnik V” kovidning yangi shtammlaridan “Pfizer”ga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi
Manba: “Sputnik V” kovidning yangi shtammlaridan “Pfizer”ga qaraganda yaxshiroq himoya qiladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning janubiy afrikacha shtammiga qarshi “Pfizer”ga qaraganda samaraliroq. Bu haqda RIA
2021-04-06T12:19+0500
2021-04-06T12:19+0500
2023-04-05T18:33+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16061743_0:158:3001:1846_1920x0_80_0_0_747acdcc00a7931323399f3c686074d3.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning janubiy afrikacha shtammiga qarshi “Pfizer”ga qaraganda samaraliroq. Bu haqda RIA Novosti Gamaleya markaziga yaqin manbasiga tayangan holda xabar qildi.Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim amerikalik olimlarning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning mutatsiyalariga qarshi samarasi go‘yoki pastligi haqidagi vajlari ishonarli emas. AQSh mutaxassislarining ishi esa yakuniy taqrizdan o‘tmagan.“Maqolaning uch asosiy mualliflaridan birining yaqqol manfaatlar to‘qnashuvi bor, zero u Pfizer/BioNtech ning koronavirus variantlari bo‘yicha maslahatlashuv kengashining a’zosidir”, - deya qo‘shimcha qilgan manba.Mutaxassisga ba’zi test natijalari faqat “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha e’lon qilingani, “Pfizer” bo‘yicha esa ma’lumotlar ko‘rsatilmagani g‘alati tuyulgan.Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaksinasi o‘z samaradorligini isbotlagan, muammoli janubiy afrikacha shtammga qarshi bardoshliligi esa “Pfizer”ga qaraganda sezilarli yuqori bo‘lgan. Yevropada keng tarqalgan britancha shtammga kelsak, “Sputnik V”ning unga nisbatan biror bir samadorligi pasayishi aniqlanmagan.Manba Gamaleya markazining o‘z tadqiqotlari natijasi 2021-yil may oyida ilmiy jurnalda chop qilinishini qo‘shimcha qildi. Ular Rossiya vaksinasi yangi shtammlarga hozirda dunyoda ishlab chiqilgan boshqa vaksinalarga qaraganda yuqori samaradorligini isbotlaydi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bir guruh amerikalik olimlar tadqiqotning dastlabki natijalarini chop qilishdi. Unda “Sputnik V” vaksinasi janubiy afrikacha shtammga qarshi eng past samaraga ekanligi iddao qilingan.Ikkinchi aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sputnik V” vaksinasini koronavirusning barcha ma’lum turlariga qarshi samarali deb atagandi. “Sputnik V”“Sputnik V” vaksinasi koronavirusga qarshi dunyoda birinchi ro‘yxatga olingan vaksinadir. U 50 tadan ziyod mamlakatlarla foydalanish uchun ma’qullangan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 1,5 milliarddan oshadi.“Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210324/sputnik-v-dunyoda-eng-kop-odamlar-biladigan-vaktsina-deb-etirof-etildi-17939607.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16061743_164:0:2835:2003_1920x0_80_0_0_4ccb43ffdde6b2edbeae64d3cbf370fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi, rossiya
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning janubiy afrikacha shtammiga qarshi “Pfizer”ga qaraganda samaraliroq. Bu haqda RIA Novosti Gamaleya markaziga yaqin manbasiga tayangan holda
xabar qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim amerikalik olimlarning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning mutatsiyalariga qarshi samarasi go‘yoki pastligi haqidagi vajlari ishonarli emas. AQSh mutaxassislarining ishi esa yakuniy taqrizdan o‘tmagan.
“Maqolaning uch asosiy mualliflaridan birining yaqqol manfaatlar to‘qnashuvi bor, zero u Pfizer/BioNtech ning koronavirus variantlari bo‘yicha maslahatlashuv kengashining a’zosidir”, - deya qo‘shimcha qilgan manba.
Mutaxassisga ba’zi test natijalari faqat “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha e’lon qilingani, “Pfizer” bo‘yicha esa ma’lumotlar ko‘rsatilmagani g‘alati tuyulgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaksinasi o‘z samaradorligini isbotlagan, muammoli janubiy afrikacha shtammga qarshi bardoshliligi esa “Pfizer”ga qaraganda sezilarli yuqori bo‘lgan. Yevropada keng tarqalgan britancha shtammga kelsak, “Sputnik V”ning unga nisbatan biror bir samadorligi pasayishi aniqlanmagan.
Manba Gamaleya markazining o‘z tadqiqotlari natijasi 2021-yil may oyida ilmiy jurnalda chop qilinishini qo‘shimcha qildi. Ular Rossiya vaksinasi yangi shtammlarga hozirda dunyoda ishlab chiqilgan boshqa vaksinalarga qaraganda yuqori samaradorligini isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bir guruh amerikalik olimlar tadqiqotning dastlabki natijalarini chop qilishdi. Unda “Sputnik V” vaksinasi janubiy afrikacha shtammga qarshi eng past samaraga ekanligi iddao qilingan.
Ikkinchi aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sputnik V” vaksinasini koronavirusning barcha ma’lum turlariga qarshi samarali deb atagandi.
“Sputnik V” vaksinasi koronavirusga qarshi dunyoda
birinchi ro‘yxatga olingan vaksinadir. U 50 tadan ziyod mamlakatlarla foydalanish uchun ma’qullangan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 1,5 milliarddan oshadi.
“Lancet” xalqaro ilmiy jurnal
ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.