Toshkentda "Innoprom-2021" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistavka Innoprom 2021 v Tashkente
Vistavka Innoprom 2021 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya tomonidan tashkil qilingan mashinasozlik, metallurgiya, energetika, kimyo va farmatsevtika sanoatlariga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma ish boshladi.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Toshkentda "Innoprom-2021" - "Rossiya-O‘zbekiston" katta sanoat haftaligi ish boshladi.
Rossiya sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil qilingan ushbu ko‘rgazmada 300 dan ortiq kompaniya va biznes delegatsiyalar ishtirok etadi. Ko‘rgazma maydoni 12,5 ming m2ni tashkil qiladi.
Asosan mashinasozlik, metallurgiya, energetika, kimyo va farmatsevtika sanoatlari taqdim etilgan ko‘rgazma dasturidan 200dan ortiq uchrashuvlar va 15ta biznes tadbir o‘rin olgan.

"Innoprom-2021"ning asosiy maqsadi - Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikini rivojlantirish, sanoatni rivjlantirishning yangi nuqtalarini topish, biznes munosabatlarni mustahkamlashdir, - deyilgan rasmiy ma’lumotda.

"Innoprom-2021" - xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rossiya va O‘zbekistondan tashqari Fransiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armanistonning sanoat korxonalari va biznes-delegatsiyalari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0