https://oz.sputniknews.uz/20210405/ozbekistonda-qamoqxonalar-faoliyati-bosqichma-bosqich-raqamlashtiriladi-18151644.html
O‘zbekistonda qamoqxonalar faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi
O‘zbekistonda qamoqxonalar faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Bu 26-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev
2021-04-05T12:46+0500
2021-04-05T12:46+0500
2021-04-05T12:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qamoq
jazoni ijro etish muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/18/13331886_0:160:3073:1889_1920x0_80_0_0_e86c2828c7bdfac691ff6fbe3e1acd6d.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Bu 26-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda aytilgan.Farmon bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasida” joriy yil 10-may kuniga qadar Hukumatning tegishli qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirilgan.Unga ko‘ra mahkumlarni “elektron nazorati”ni ta’minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda muassasalar faoliyatini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.Xususan:Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2023 yilllar belgilangan. Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1333/18/13331886_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_58a36879ca2dbd9c72af06897593f924.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qamoq, jazoni ijro etish muassasi
jamiyat, o‘zbekiston, qamoq, jazoni ijro etish muassasi
O‘zbekistonda qamoqxonalar faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi
12:46 05.04.2021 (yangilandi: 12:56 05.04.2021) Mahkumlarni “elektron nazorati”ni ta’minlovchi axborot texnologiyalari joriy etiladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda
jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Bu 26-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonda aytilgan.
Farmon bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasida” joriy yil 10-may kuniga qadar Hukumatning tegishli qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirilgan.
Unga ko‘ra mahkumlarni “elektron nazorati”ni ta’minlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda muassasalar faoliyatini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
xodimlarning personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o‘tash tartibini tatbiq etish;
mahkumlarning jazoni o‘tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimini muassasalarga o‘rnatish;
taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o‘tish joylarida bodiskanerlarni o‘rnatish;
jazoni o‘tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi “axborot portreti”ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo‘yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizimni yaratish.
Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2023 yilllar belgilangan. Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.