https://oz.sputniknews.uz/20210405/namanganda-maxsus-bogchada-issiq-suvdan-kuygan-olti-yoshli-bola-vafot-etdi-18147473.html
Namanganda maxsus bog‘chada issiq suvdan kuygan olti yoshli bola vafot etdi
Namanganda maxsus bog‘chada issiq suvdan kuygan olti yoshli bola vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi qattiq kuyish oqibatida vafot etdi.
2021-04-05T10:42+0500
2021-04-05T10:42+0500
2021-04-05T10:42+0500
hodisalar
maktabgacha ta’lim
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15462595_0:183:3072:1911_1920x0_80_0_0_df016c13abad001c6ca944ef0eb5d8cb.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi qattiq kuyish oqibatida vafot etdi.Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, hodisa tumandagi 31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 2021-yil 5-fevral kuni ro‘y bergan. Olti yoshli U.H. issiq suv jo‘mragini ochib yuborgan va ehtiyotsizligi oqibatida 2-darajali 65 foiz kuyish tan jarohati olgan. Natijada u viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. U.H. 2019-yil 27-fevralidan mazkur bolalar bog‘chasida aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgan bo‘lgan. Bolakay kuyish oqibatida 24-fevral kuni vafot etgan. Namangan viloyat STEBning 24-fevral kungi 70-sonli xulosasida marhum U.H.ning o‘limi qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlari 2, 3-darajali 70 foiz kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida yuz bergani va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan. Xabarda bildirilishicha, mazkur holatga tergov yo‘li bilan baho berish zaruriyati tug‘ilgan. Shu bois Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘lishiga sabab bo‘lsa), 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.Viloyat prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210124/lik-zhonlar-ortidan-9835-mln-smni-margan-bocha-mudirasining-kirdikorlari-fosh-bldi-15852707.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15462595_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9dd62648f2fbb795fa9910bbc66abab7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , maktabgacha ta’lim, namangan viloyati
hodisalar , maktabgacha ta’lim, namangan viloyati
Namanganda maxsus bog‘chada issiq suvdan kuygan olti yoshli bola vafot etdi
U.H. 2019-yil 27-fevralidan mazkur bolalar bog‘chasida aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgan bo‘lgan.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi qattiq kuyish oqibatida vafot etdi.
Viloyat prokuraturasi
xabariga ko‘ra, hodisa tumandagi 31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 2021-yil 5-fevral kuni ro‘y bergan. Olti yoshli U.H. issiq suv jo‘mragini ochib yuborgan va ehtiyotsizligi oqibatida 2-darajali 65 foiz kuyish tan jarohati olgan. Natijada u viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.
U.H. 2019-yil 27-fevralidan mazkur bolalar bog‘chasida aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgan bo‘lgan. Bolakay kuyish oqibatida 24-fevral kuni vafot etgan.
Namangan viloyat STEBning 24-fevral kungi 70-sonli xulosasida marhum U.H.ning o‘limi qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlari 2, 3-darajali 70 foiz kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida yuz bergani va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko‘rsatilgan.
Xabarda bildirilishicha, mazkur holatga tergov yo‘li bilan baho berish zaruriyati tug‘ilgan. Shu bois Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘lishiga sabab bo‘lsa), 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Viloyat prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.