Kamilov eronlik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Ministrom inostrannix del Islamskoy Respubliki Iran Muxammadom Djavadom Zarifom, pribivshim v g.Tashkent s vizitom
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Ministrom inostrannix del Islamskoy Respubliki Iran Muxammadom Djavadom Zarifom, pribivshim v g.Tashkent s vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashdi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini muhokama qilgan.
Vazirlar barcha darajalarda konstruktiv muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Muzokaralarda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan mintaqalararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Muloqotda Afg‘oniston masalasi bo‘yicha ham fikr almashildi. Eron tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borayotgan amaliy ishlarini yuqori baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0