Eron tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Irana Muxammad Djavad Zarif
Ministr inostrannix del Irana Muxammad Djavad Zarif  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Eron muzokaralarida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Tashrif dasturiga binoan Eron tashqi ishlar vazirligi rahbarining “Hazrati Imom” majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishi, Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0