Dubayda intim-fotosessiyada ishtirok etgan 40 kishi hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Dubayda yalang‘och holda suratga tushgan rossiyalik ayollar hibsga olindi
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Dubai Marina kurort maskanidagi ko‘p qavatli binolardan birining balkonida intim-fotosessiya uyushtirildi. Unda ishtirok etgan 40 nafar kishi, shu jumladan 8 nafar rossiyalik ayol hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh konsulligiga asoslanib xabar qildi.
"Hozir Dubay politsiyasidan to‘liq ma’lumotni kutmoqdamiz. Rossiya Federatsiyasining 8 nafar fuqarosi hibsga olindi, shu jumladan fotosessiya tashabbuskori hibsga olingan 40 kishi orasida. Ular yordam uchun Bosh konsullikka murojaat qilishdi, ammo bu yerda biron bir narsa qilish qiyin, modda juda jiddiy - axloqsiz harakatlarda qatnashish", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Jenskie ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Toshkentda bir ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan egizaklar qo‘lga olindi
Fotosessiya ishtirokchilari olti oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi va BAAning besh ming dirhami (taxminan 1390 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tashkilotchiga bir yarim yilgacha qamoq va 50 ming dirham (taxminan 14 ming dollar) jarima solinishi mumkin.
Fotosessiya ishtirokchilari Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan avf etilishi mumkin, deb ma’lum qilishdi bosh konsullikda.
Yangiliklar lentasi
0