O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishlariga ruxsat berildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishStudenti, illyustrativnoe foto
Studenti, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik talabalar o‘qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishlari mumkin.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan yana oltita mamlakatdan bo‘lgan talabalar ta’limni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishlari mumkin. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda Rossiya Oliy ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

“Rossiya hukumatining 2021-yil 31-martdagi 814-r-sonli farmoyishi bilan Venesuela, Germaniya, Suriya, Tojikiston, O‘zbekiston, Shri-Lankadan bo‘lgan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilari ta’limni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Kirish tartibi

Rossiya o‘z chegaralarini ochgan davlatlarning talabalari o‘z ta’lim muassasasini rejalashtirilayotgan sanadan o‘n kun oldin oldindan ogohlantirishlari shart. Shuningdek ular Rossiyaga kirib kelishdan uch kun oldin koronavirusga PSR-test topshirishlari zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari, Rossiyaga kelgandan keyin talabalar takroran test topshirishlari kerak bo‘ladi, test natijalari chiqquncha esa o‘z-o‘zini yakkalash tartibiga amal qilish zarur etib belgilangan.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Rossiya 1-apreldan O‘zbekiston va yana 5ta davlat bilan parvozlarni tiklaydi
Kunduzgi ta’lim sanitar normalar va ijtimoiy masofa talablariga qat’iy amal qilingan holatda bo‘lib o‘tadi. RF Ta’lim vazirligi izohiga ko‘ra, respiratorli kasallik belgilari bo‘lgan talabalarga o‘qishga kelish man qilingan.
Rossiyaga kirish ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxati chet ellik talabalarga universitetlar tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek, ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali yetkaziladi.
Qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda Rossiya Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligining Situatsion markaziga murojaat qilish tavsiya etilgan telefon - +7(495)198-00-00, elektron manzil: scminobr@mail.ru
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 25 mamlakat fuqarolariga mamlakatga o‘qishni davom ettirish uchun qaytishlariga ruxsat bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0