O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan haykaltarosh Yakov Shapiro vafot etdi

CC0 / / Svecha
Svecha  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi, jumladan, “Mustaqillik maydoni” va “Buyuk ipak yo‘li” stansiyalari uchun pannolar tayyorladi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi xabar qildi.
© Yevgeniy Olevskiy / Pisma o TashkenteYakov Shapiro
Yakov Shapiro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Yakov Shapiro
Uning ijod namunalari O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa davlatlarda o‘rnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stansiyasi, jumladan "Mustaqillik maydoni" va "Buyuk ipak yo‘li" stansiyalari uchun pannolar tayyorladi.
Bundan tashqari, haykaltarosh O‘zbekiston poytaxtidagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.
Ijodkor qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, jumladan, yulduzlar mavzusidagi Ona Zamin, Ikar, Ulug‘bek, Siolkovskiy, Qirolicha, Gagarin hamda kosmonavt, ikki karra Sovet Ittifoqi qahramoni Vladimir Jonibekov busti kompozitsiyasi ustida ishladi.
Yangiliklar lentasi
0