https://oz.sputniknews.uz/20210404/ozbekiston-va-afgoniston-ortasida-tibbiyot-turizmi-rivojlantiriladi-18141558.html
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat
2021-04-04T16:25+0500
2021-04-04T16:25+0500
2021-04-04T16:25+0500
turizm
o‘zbekiston
sayyohlar
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/04/18140608_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_57280489171ead07d809618a010891e1.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afg‘oniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi. Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.Tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘ziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi. “Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz. U “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. “Nobama Care” kompaniyasi to‘liq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmog‘idir.
https://oz.sputniknews.uz/20210330/turizm-sohasi-tez-orada-inqirozdan-chiqib-ketadi--aziz-abduhakimov--18027542.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/04/18140608_53:0:1208:866_1920x0_80_0_0_0707bdde2cece5f7d532a16592c6f390.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar, afg‘oniston
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar, afg‘oniston
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi
Xorijiy tadbirkorlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashuvida
ma’lum qilindi. Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afg‘oniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi.
Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.
Tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘ziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
“Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz. U “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. “Nobama Care” kompaniyasi to‘liq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmog‘idir.