O‘zbekistonga Eron Tashqi ishlar vaziri keladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGlava MID Irana M.Zarif
Glava MID Irana M.Zarif - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Eron Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
"2021-yilning 5-aprel kuni O‘zbekistonga Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi”, - deyilgan xabar matnida.
Ta’kidlanishicha, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0