Dushanbedan Rossiyaga rejalashtirilgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi: sabablar

CC BY-SA 2.0 / Lars Steffens / Boeing 737 Somon AirBoing 737 aviakompanii "Somon Eyr", arxivnoe foto
Boing 737 aviakompanii Somon Eyr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Dushanbe-Moskva yo‘nalishida 2-aprel kuniga rejalashtirilgan birinchi parvoz amalga oshmadi, 249 nafar fuqaro Rossiyaga bora olmadi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Ikkinchi apreldan uchinchi aprelga o‘tar kechasi amalga oshishi lozim bo‘lgan birinchi muntazam parvoz amalga oshmadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Xabarda aytilishicha, Dushanbe vaqti bilan 2:00 da "YuTeyr" aviakompaniyasi samolyoti Tojikistonning bir guruh fuqarolarini Moskvaga olib borishi kerak edi. Ammo samolyot bortiga faqatgina Rossiyaga kirib borishi uchun asosga ega bo‘lgan fuqarolar qo‘yilgan.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Rossiya 1-apreldan O‘zbekiston va yana 5ta davlat bilan parvozlarni tiklaydi
Nashr xabariga ko‘ra, ayni vaqtda 249 kishi parvozga ruxsat ololmagan.
Ta’kidlanishicha, ularning samolyot bortiga qo‘yilmagani sababi – Rossiya hududiga kirib borish uchun ularda asos bo‘lmaganida.
"Faqatgina fuqarolikka yoki Rossiyada vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lganlar, tibbiy ma’lumotnomasi borlar va ishlash uchun ruxsat beruvchi hujjati borlar reysga qo‘yilgan. Ammo 249 yo‘lovchilarga samolyot bortiga chiqishga rad javobi berilgan”, - deyiladi xabarida.
V Novosibirskoy oblasti zaderjali lyudey, prodavavshix migrantam poddelnie spravki o o PSR-testax dlya vyezda v Rossiyu, izyato bolee 100 blankov . FSB publikuyet video. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Migrantlarga soxta ma’lumotnomalar sotgan qalloblarning qo‘lga olinishi – video
Shuningdek, 169 kishi koronavirusga testdan o‘tmagan bo‘lgan, nashr bu jarayon ham migrantlarga juda qimmatga tushayotganini qayd etib o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, qolgan fuqarolar 9-aprel kuni RFga uchishlari rejalashtirilgan.
Rossiya 1-aprel sanasidan boshlab Tojikiston bilan avia-parvozlarni tiklash borasida kelishuvga erishgan edi.
Muntazam parvozlar "YuTeyr" va "SomonEyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi aytilgandi.
Yangiliklar lentasi
0