Rossiyaning yangi ko‘rinmas bombardimonchisi qanday bo‘ladi

© Ministerstvo oboroni RFEskiz perspektivnogo aviatsionnogo kompleksa dalney aviatsii (PAK DA, ili Izdelie 80)
Eskiz perspektivnogo aviatsionnogo kompleksa dalney aviatsii (PAK DA, ili Izdelie 80)   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Obuna bo‘lish
“Stels-bombardimonchisi”ning tashqi ko‘rinishi tasdiqlandi
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi “Tupolev” tomonidan ishlab chiqilgan “stels-bombardimonchisi”ning tashqi ko‘rinishini tasdiqladi.
Samolyot ko‘rinishini kamaytirish va uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarga ustuvor ahamiyat berildi, dedi RIA Novostiga harbiy-sanoat majmuasidagi manba.
"Dasturni ishlab chiqish ishlari batafsil loyihalash bosqichida, bir nechta tajriba namunalarini qurish ishlari olib borilmoqda", - deb qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi.
Unga ko‘ra, yangi bombardimonchi "uchuvchi qanot" aerodinamik sxemasi bo‘yicha quriladi. Samolyot faqat fuzelyaj ichidagi qurollar bilan ta’minlanadi, shu jumladan istiqbolli uzoq masofali qanotli raketalar va gipertovushli raketalar joylashtiriladi.
Samolyot bortidagi uskunalar iloji boricha, pilotsiz rejimgacha avtomatlashtiriladi. Bombardimonchi konsepsiyasi "stels” texnologiyalarga va unga mos ravishda foydalanish taktikasiga, shu jumladan "uzoq qo‘l" (uzoq masofali qurol)ga asoslangan.
Shuningdek, bombardimonchi pilotsiz uchish apparatlari guruhini boshqarish, "havo-havo" raketalarining barcha turlarini ishlatishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0