O‘zbekistonda oltin, mis va volfram konlari topildi – Geologiya qo‘mitasi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishMestorojdenie zolota
Mestorojdenie zolota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Obuna bo‘lish
Geologlar kasb bayrami arafasida qo‘mita vakili 2020-yilda erishilgan yutuqlar va 2021-yilgi rejalar haqida aytib berdi.
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekistonda oltin, mis va volfram zahiralari topildi, deb xabar qildi Geologiya qo‘mitasining Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i Asror Rustamov.
O‘tgan 2020-yil davomida Qizilqumda katta oltin koni topildi. Chuqurquduq nomli ushbu konda oltin zahiralari 130 tonna deb baholanmoqda. Ushbu oltin konini davlat balansiga oldik.
Zolotoy slitok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2020
O‘zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Shuningdek, Surxondaryodagi qo‘rg‘oshin-rux koni yonida yana bitta kon davlat zahirasiga o‘tkazdik. Bu Chinorsoy polimetall koni deyiladi. U yerda ham oltin va kumush va boshqa kompleks metall zahiralariga ega bo‘lgan kon tasdiqlandi.
Biz hozir yana bir katta mis koni ochilishi arafasida turibmiz. Olmaliqda zahirasi 200 ming tonnaga yaqin bo‘lgan mis koni davlat zahirasiga olindi.
Unan tashqari biz Qashqadaryo va Samarqand chegarasida Sariko‘l degan katta volfram konini davlat zahirasiga o‘tkazdik.
Yuqorida qayd etilgan konlarning ochilishida Respublikada geologiya sohasiga hukumat va prezident tomonidan qaratilayotgan e’tibor o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda, dedi qo‘mita boshlig‘i.
Yangiliklar lentasi
0