https://oz.sputniknews.uz/20210402/orolboyi-hududi---moynoqda-ikkita-zamonaviy-bolalar-bogchasi-foydalanishga-topshirildi-18107213.html
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoqda ikkita zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoqda ikkita zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga
2021-04-02T10:26+0500
2021-04-02T10:26+0500
2021-04-02T10:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha ta’lim
islohotlar
qoraqalpog‘iston
bolalar
orol dengizi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18106069_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_290b94900067047a124de70e47f7812a.jpg
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Mo‘ynoq tumanida ochilgan bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotining biri 60 o‘ringa va ikkinchisi 100 o‘ringa mo‘ljallangan.Oltmish o‘ringa mo‘ljallangan MTT 4 guruhga moslashtirilib qurilgan bo‘lib, unda 31 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.2020-yil "Investitsiya" dasturiga kirgan "Aral" MFY hududida barpo etilgan 100 o‘rinli zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida ham tumandagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan 32 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 27taga yetgan, ulardan 17tasi davlat, 8tasi oilaviy va 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoq tumanida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan jami bolalar soni 2403 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim bo‘limi tassarufidagi 27 ta MTTlarga 2348 nafar (qariyb 98%) bolalar kamrab olingan. .Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: 230 nafar pedagogik kadrlar ishlaydi, shundan 60 nafari oliy ma’lumotli mutaxassislar, 154 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lsa, 16 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20180522/Bochada-bolalar-soliiga-masul-blgan-khodimlarning-vazifalari-tasdilandi-8275438.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/02/18106069_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8dd1661ed1fd5f97091f4c1e7b687fa2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
jamiyat, o‘zbekiston, maktabgacha ta’lim, islohotlar, qoraqalpog‘iston, bolalar, orol dengizi
jamiyat, o‘zbekiston, maktabgacha ta’lim, islohotlar, qoraqalpog‘iston, bolalar, orol dengizi
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoqda ikkita zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Dilshoda Rahmatova
redaktor
Biri 60, ikkinchisi 100 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha sharoitlarga ega, zamonaviy va ekologik jihozlar bilan jihozlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kuni kecha, 1-aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yi hududida ikkita zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mo‘ynoq tumanida ochilgan bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotining biri 60 o‘ringa va ikkinchisi 100 o‘ringa mo‘ljallangan.
Oltmish o‘ringa mo‘ljallangan MTT 4 guruhga moslashtirilib qurilgan bo‘lib, unda 31 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.
2020-yil "Investitsiya" dasturiga kirgan "Aral" MFY hududida barpo etilgan 100 o‘rinli zamonaviy, barcha sharoitlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida ham tumandagi ishsiz, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan 32 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.
"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tumanimizga qilgan safarlarining birida "Madaniyat - Mo‘ynoqdan boshlanadi", degan bir ta’sirli jumlani aytgan edilar. Bugun Qoraqalpog‘istondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rivojlanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha ishlarni Mo‘ynoq tumani ko‘lamida ko‘rsatib berishni istardim. Tumanimizda har yili yangi bog‘chalar ochilmoqda. Men vazir etib tayinlangan vaqtda tumanimizda bolalarning MTTlar bilan qamrovi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 97,7 foizga yetdi. Bu Respublikadagi eng yuqori ikkinchi ko‘rsatkichdir. Mo‘ynoq aholisi qiyin sharoitda yashagani bilan, tuman aholisi o‘z farzandlari uchun eng yaxshi sharoitlarni ravo ko‘radilar. Masalan, til o‘rganish, odamning jamiyatdagi o‘rni aynan shu yerdan - bog‘chadan boshlanadi va Mo‘ynoq aholisi buni chuqur anglaydi" - dedi tantanali ochilish marosimidan so‘ng Sputnik muxbiriga bergan intervyusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Jumagul Usnatdinova.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 27taga yetgan, ulardan 17tasi davlat, 8tasi oilaviy va 2tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoq tumanida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan jami bolalar soni 2403 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim bo‘limi tassarufidagi 27 ta MTTlarga 2348 nafar (qariyb 98%) bolalar kamrab olingan. .
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: 230 nafar pedagogik kadrlar ishlaydi, shundan 60 nafari oliy ma’lumotli mutaxassislar, 154 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lsa, 16 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotga ega.