So‘x-Rishton yo‘li ochiladi

© UzAOtkroyetsya doroga Sox-Rishtan
Otkroyetsya doroga Sox-Rishtan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. 1-aprel kuni Farg‘ona viloyatidagi Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilgan.
O‘zA xabariga ko‘ra, buning uchun ushbu yo‘nalishdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralari qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘targan edi.
Xokim Ferganskoy dolini posetil anklav Sox, gde nachato stroitelstvo aerodroma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Mirziyoyevning alohida topshirig‘i bilan Xayrullo Bozorov So‘xga bordi - foto
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston - Qirg‘iziston davlat chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarining ochilishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va turistik oqimni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani yuz foiz Qirg‘iziston yeri bilan o‘ralgan anklav hudud hisoblanadi. Tuman aholisi uchun yaqin yo‘l bo‘lgan bu bojxona chegara posti ancha yillar yopiqligicha turgan, so‘xliklar viloyat markaziga borishi uchun uzoq yo‘l bosib o‘tishgan. Endilikda esa qisqa masofada So‘xga kirib borish mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0