Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Bu haqda “Grozniy” davlat telekompaniyasi Xalqaro Nobel Axborot Markazi (INC) prezidenti Vacheslav Tutunnik bayonotiga asosan xabar qildi. RIA Novosti.
Norvegiya vakillari arizani taqdim etadi. "So‘nggi 15-yil ichida tarixiy jihatdan murakkab mintaqada ishonchli tinchlikni o‘rnatish va saqlashga qo‘shgan ulkan hissasi" tavsiyaga asos bo‘ladi.
Futbol. RFPL. Match Axmat - Amkar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2020
AQSh “Qodirovchilar”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Telekanal o‘tgan yili Qodirov Tinchlik va taraqqiyot instituti (INSPAD) tomonidan ta’sis etilgan xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod bo‘lganini eslatdi. Tashkilot uning dinlararo aloqalarni rivojlantirish, gumanitar va ta’lim dasturlarida alohida rolini qayd etdi.
Nobel mukofoti 1901-yildan buyon har yili barqarorlikni ta’minlash sohasida yutuqlarga erishgan davlat arbotlari yoki tashkilotlarga beriladi. Nomzodlar turli mamlakatlar milliy parlamentlari va hukumatlari a’zolari yoki xalqaro sudlar, universitet rektorlari, Norvegiya Nobel qo‘mitasining amaldagi va sobiq a’zolari, maslahatchilari tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Turli yillarda Teodor Ruzvelt, Martin Lyuter King, Mixail Gorbachov, Nelson Mandela, Barak Obama mukofotga sazovor bo‘lgan. 2020-yilda mukofot Jahon oziq-ovqat dasturiga taqdim etildi.
Yangiliklar lentasi
0