https://oz.sputniknews.uz/20210401/ozbek-qozoq-chegarasidagi-tirbandlikka-nima-sabab-boldi-18075150.html
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tirbandlikka nima sabab bo‘ldi
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tirbandlikka nima sabab bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi va uning yuzaga kelish sabablarini sanab o‘tdi.
2021-04-01T11:42+0500
2021-04-01T11:42+0500
2021-04-01T11:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
chegara
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/169/09/1690964_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_fa84e7ebe2939509c1a005219f8c45d2.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi va uning yuzaga kelish sabablarini sanab o‘tdi.Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Daut-ota” chegara bojxona postidagi tirbandlik keng muhokama qilinmoqda. Mazkur holatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi o‘rgangan. Aniqlanishicha, tirbandlikka Turkmanistonda karantin kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. Turkmaniston hududi orqali avtotransport vositalarining harakati cheklanganligi sababli ular O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Gruziya - Turkiya yo‘nalishida harakatlanmoqda.Havo haroratining keskin pasayib ketishi ham bu tirbandlikni keltirib chiqargan. Qozog‘istonning Aktobe viloyati Irgiz qishlog‘i orqali o‘tuvchi yo‘l muzlagan. Shuningdek, Rossiyaning janubiy viloyatlariga yukni yetkazib beruvchi tashuvchilar uchun “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali harakatlanish qulay bo‘lgan.Tashqi savdo yuklarini tashuvchi tomonlar avtotransport vositalari uchun qulaylik va yengilliklar yaratilganligi sababli Turkiya davlati hududi orqali O‘zbekiston tashuvchilarining harakatlanishi ko‘paygan. Ikki mamlakat o‘rtasida tegishli kelishuv mavjud.Tirbandlikni bartaraf etish uchun nimalar qilinmoqda?O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari faol muzokaralar olib bormoqda.Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati darajasida har hafta, mas’ul boshqarmalari darajasida har kuni, bojxona posti darajasida har ikki soatda muloqot qilinmoqda.Vaziyatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ham nazoratga olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20190405/ozoistonda-zbekiston-bilan-chegaradagi-tirbandlik-sababini-malum-ilishdi-11159431.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/169/09/1690964_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_176c7ddb43b2edc922cae93c46ffb5a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, chegara, avtomobil
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, chegara, avtomobil
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tirbandlikka nima sabab bo‘ldi
11:42 01.04.2021 (yangilandi: 11:44 01.04.2021) Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi va uning yuzaga kelish sabablarini sanab o‘tdi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Daut-ota” chegara bojxona postidagi tirbandlik keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur holatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi o‘rgangan.
Aniqlanishicha, tirbandlikka Turkmanistonda karantin kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. Turkmaniston hududi orqali avtotransport vositalarining harakati cheklanganligi sababli ular O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Gruziya - Turkiya yo‘nalishida harakatlanmoqda.
Havo haroratining keskin pasayib ketishi ham bu tirbandlikni keltirib chiqargan. Qozog‘istonning Aktobe viloyati Irgiz qishlog‘i orqali o‘tuvchi yo‘l muzlagan.
Shuningdek, Rossiyaning janubiy viloyatlariga yukni yetkazib beruvchi tashuvchilar uchun “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali harakatlanish qulay bo‘lgan.
Tashqi savdo yuklarini tashuvchi tomonlar avtotransport vositalari uchun qulaylik va yengilliklar yaratilganligi sababli Turkiya davlati hududi orqali O‘zbekiston tashuvchilarining harakatlanishi ko‘paygan. Ikki mamlakat o‘rtasida tegishli kelishuv mavjud.
"O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari bojxona postida belgilangan muddatlarda qo‘shimcha vaqt talab qilmagan holda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmoqda”, - deyilgan Senat
xabarida.Tirbandlikni bartaraf etish uchun nimalar qilinmoqda?
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari faol muzokaralar olib bormoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati darajasida har hafta, mas’ul boshqarmalari darajasida har kuni, bojxona posti darajasida har ikki soatda muloqot qilinmoqda.
Vaziyatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ham nazoratga olgan.