https://oz.sputniknews.uz/20210331/ozbekistonda-endi-ommaviy-tartibsizlikka-davat-qilganlar-10-yilgacha-qamalishi-mumkin-18051107.html
O‘zbekistonda endi ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlar 10-yilgacha qamalishi mumkin
O‘zbekistonda endi ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlar 10-yilgacha qamalishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
2021-03-31T10:49+0500
2021-03-31T10:49+0500
2021-03-31T10:51+0500
jamiyat
yangi qonun
ommaviy tartibsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/03/5810369_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_3a20f5c66d134db7c0c8236067f622aa.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.Jinoyat kodeksining 244-moddasi birinchi va ikkinchi qismi quyidagicha to‘ldirilmoqda:Ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish – BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.Agar ushbu xatti-harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilinsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 201-1-modda bilan to‘ldirildi.Unga ko‘ra, O‘zbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek, matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari O‘zbekistonda ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Senat o‘n uchinchi yalpi majlisida ushbu qonunni ma’qullagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210314/senat-ommaviy-tartibsizlikka-davat-uchun-jinoiy-javobgarlik-joriy-etishni-maqulladi-17741155.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/03/5810369_159:0:2890:2048_1920x0_80_0_0_5c5ed8b32b739d398b4552ae69a7f181.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qonun, ommaviy tartibsizlik
jamiyat, yangi qonun, ommaviy tartibsizlik
O‘zbekistonda endi ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlar 10-yilgacha qamalishi mumkin
10:49 31.03.2021 (yangilandi: 10:51 31.03.2021) O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodekslariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
qonunni imzoladi.
Jinoyat kodeksining 244-moddasi birinchi va ikkinchi qismi quyidagicha to‘ldirilmoqda:
Ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish – BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Agar ushbu xatti-harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmog‘idan, shuningdek, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilinsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 201-1-modda bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek, matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari O‘zbekistonda ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini
ishlab chiqqan edi. Senat o‘n uchinchi yalpi majlisida ushbu qonunni
ma’qullagan edi.