O‘zbekiston masjidlarida Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi masjidlarda Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, masjidlarda taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10-aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” o‘tkaziladi.
Koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2021
Qirg‘izistonda Ramazon oyi boshlanishining taxminiy sanasi aytildi
Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.
Masjidlarda elektr, gaz va yong‘in xavfsizligi hamda namoz o‘qiladigan joylar muhofazasiga katta e’tibor qaratiladi. Texnik jihozlarning sozligi ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0