Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi

© REUTERS / Russell BoyceV brokerskoy kompanii v Londonskom finansovom sentre Keneri-Uorf
V brokerskoy kompanii v Londonskom finansovom sentre Keneri-Uorf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Hukumat qarori bilan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:
davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi:
davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aksiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi;
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar soni 2025-yilga qadar 30 foizgacha yetkaziladi.
2021 yil 1-iyuldan:
- davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qo‘mitasi tashkil etiladi;
- aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplayens) xizmati tashkil etiladi.
2022 yil 1-yanvardan:
- strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aksiya) bekor qilinadi;
-ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi a’zolari vakolatlari 1-yildan 3-yilgacha uzaytiriladi;
- davlat ulushi bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, Strategiyaga ko‘ra, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ a’zoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish, davlat xizmatchilarining bir vaqtning o‘zida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (a’zosi) lavozimlarini egallashi amaliyotlari bekor qilinadi.
Ijro etuvchi organ rahbari va a’zolari javobgarligi bo‘yicha sug‘urta qilish mexanizmi joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0