Armanistonda jurnalistga qo‘l ko‘targan vazir iste’foga chiqdi

© Sputnik / Asatur YesayansMinistr visokotexnologicheskoy promishlennosti Armenii Akop Arshakan
Ministr visokotexnologicheskoy promishlennosti Armenii Akop Arshakan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Vazirdan nima sababdan ish vaqtida kafeda o‘tirganini so‘ragan jurnalist do‘pposlangan edi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Yerevan kafelaridan birida jurnalistni urgan Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Akop Arshakan iste’fo berdi. Bu haqda vazirning o‘zi Facebook᾽dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun vazir sifatida oxirgi ish kunim. Amaldor tarafidan fuqaroga qarshi kuch ishlatilishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblayman, biz zo‘ravonliksiz yo‘li sari olg‘a yurishimiz shart. Men bunga o‘rnak bo‘lishim shart”, - deya yozgan armanistonlik amaldor.
Premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Pashinyan aprelda iste’foga chiqishini ma’lum qildi
Arshakan 18-mart kuni jurnalist Paylak Faxradanga tashlanib, uni do‘pposlagan edi. Bunga uning vazirdan nima sababdan ish vaqtida kafeda o‘tirganini so‘ragani sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0