O‘zbekiston 2024-yilda turistlar uchun to‘liq ochilishga shay turishi kerak - ekspert

© SputnikBukhara Desert Oasis & Spa
Bukhara Desert Oasis & Spa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
Ekspertning ta’kidlashicha, turizm qayta tiklanishi uchun davlatlar bugun vaksinalashni – birinchi darajali ustuvorlik sifatida tan olishmoqda. Shuningdek, global ko‘lamda turizm qayta tiklanishida yordam berishi mumkin bo‘lgan instrumentlar ishlab chiqilmoqda.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston yaqin yillarda turistlar oqimini qabul qilishga to‘liq shay holatda turishi kerak, deya fikr bildirdi bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Mehmondo‘stlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/2021. Imkoniyat va istiqbollar" mavzusidagi "Hotel Business Forum - 2021" forumida onlayn qatnashgan Butujahon Turizm tashkiloti (UNWTO) mintaqaviy departamenti direktori Alessandra Priante.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Priante xonimning ta’kidlashicha, 2020-yilda COVID-19ning turizm sohasiga yetkazgan zarbasi qaqshatkich bo‘ldi. 2020-yil - turistik sektorlar va mehmonxona biznesi eng ko‘p yopilgan yil sifatida muhrlandi.

“Biz hozir ham mavhum holatdamiz, noaniqliklar juda ko‘p. Sababi, qachonlardir ommabop bo‘lgan turistik yo‘nalishlarning aksariyati goh ochilib, goh yopilmoqda. Shu bois, turizm sohasidagi aksariyat bizneslar bugungi kunda oldinga siljish uchun raqamli yechimlardan foydalanmoqdalar” Alessandra Priante,

Butujahon Turizm tashkiloti mintaqaviy departamenti direktori

Uning aytishicha, 2019-yil bilan taqqoslaganda butun dunyoda turistik sektor 74 %ga qisqardi. Boshqacha aytganda, 100-120 millionga yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri turistik yo‘nalishlar yopildi, putovkalar qaytarildi. Umumiy yo‘qotishlar miqdori 1 trillion dollarni tashkil etdi.
Butujahon Turizm tashkiloti (UNWTO) mintaqaviy departamenti direktori 2024-yil oxiriga kelib butun dunyoda turizm sektori 2019-yildagi raqamlarga erishish istagida ekanini ma’lum qildi.

Bunday vaziyatda dunyoning ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlari o‘zlarining madaniy yodgorliklari, tarixiy obidalarini konservalab qo‘ydilar. Tarixiy shaharlari bilan mashhur go‘zal diyor O‘zbekiston ham 2024-yilda turistik oqimlar uchun to‘laligicha ochilishga tayyor bo‘lishini istar edik”, - dedi o‘z chiqishi davomida Alessandra Priante.

Xalqaro ekspert turistik oqimlarni to‘liq qayta tiklash uchun UNWTO koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida qator jiddiy instrumentlarni ishlab chiqqanini qayd etdi.
V Tashkente nachalsya Xotel biznes forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov
“Bu instrumentlardan O‘zbekiston hamisha foydalanib kelgan. Chunki bu oliy sifat standartlariga mos keladi. Biz, shuningdek, Global turizm bo‘yicha Inqirozga qarshi kurashish qo‘mitasini tuzganmiz. U Madridda joylashgan va har oyda barcha sherik-tashkilotlar bilan birgalikda, jumladan, O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi, Osiyo davlatlari, Lotin va Markaziy Amerika mamlakatlari yig‘ilib, oldimizda turgan muammolarni muhokama qilamiz. Bugun davlatlar vaksinalashni – birinchi darajali ustuvorlik sifatida tan olishmoqda. Biz global ko‘lamda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan variantlarni ishlab chiqmoqdamiz. Shuningdek, dunyo ko‘lamida turizm bilan bog‘liq bir qancha materiallarni va tavsiyalarni ham chop etdik. Bularning barchasi chegaralar ochilgandan keyin davlatlarga turistik sektorni qayta tiklashga yordam beradi”, - deya ma’lum qildi Priante.
Gorod Samarkand. Vid na ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Samarqandda turizm mavsumiga start berilmoqda
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini bartaraf etishdagi asosiy masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Mehmondo‘stlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/2021. Imkoniyat va istiqbollar” mavzusida formu bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Otelyerlar Assotsiatsiyasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilib, unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.
Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, mehmonxona egalari, shuningdek turoperatorlar ham ishtirok etgan ushbu onlayn tadbirda pandemiyadan eng ko‘p talofot ko‘rgan turizm sohasi ravnaqi yo‘lida olib borilishi mumkin bo‘lgan vazifalar xususida ma’ruzalar bo‘ldi.
Onlayn uchrashuvda, shuningdek xalqaro ekspertlar ham o‘zlarining qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etib, zaruriy maslahat va takliflar berildi.
Yangiliklar lentasi
0