https://oz.sputniknews.uz/20210329/migrantlarga-covid-19-malumotnomalari-18010075.html
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotgan guruh qo‘lga olindi
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotgan guruh qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan guruh qo‘lga olindi. 29.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-29T14:16+0500
2021-03-29T14:16+0500
2021-03-29T14:16+0500
rossiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0b/15581850_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_7a7dcd0f9844a3dfc67b05cc64d3ea3b.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi FXX matbuot xizmati.Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo‘lga olish davomida mingdan ortiq PSR-ma’lumotnomasi blanklari, to‘rt yuzdan ortiq to‘ldirilgan chaqiruv-ma’lumotnomalari, 3 million rubldan ortiq miqdordagi chet el valyutasi, shuningdek, migrant-mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.Ayni vaqtda Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan migrantlar Rossiyaga kirishi mumkin, ular koronavirus uchun salbiy PSR-testini taqdim etishlari kerak.Umuman olganda, pandemiya boshlanishi bilan migrantlar soni sezilarli darajada kamaydi. 2020-yil oxirida ularning soni 6 million bo‘lib, oldingi davrlarda 9-10 milliongacha bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0b/15581850_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_ab6a83e6d58b428cead0f75cf1d605ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, migrantlar
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotgan guruh qo‘lga olindi
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan guruh qo‘lga olindi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi FXX matbuot xizmati.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo‘lga olish davomida mingdan ortiq PSR-ma’lumotnomasi blanklari, to‘rt yuzdan ortiq to‘ldirilgan chaqiruv-ma’lumotnomalari, 3 million rubldan ortiq miqdordagi chet el valyutasi, shuningdek, migrant-mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.
Ayni vaqtda Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan migrantlar Rossiyaga kirishi mumkin, ular koronavirus uchun salbiy PSR-testini taqdim etishlari kerak.
Umuman olganda, pandemiya boshlanishi bilan migrantlar soni sezilarli darajada kamaydi. 2020-yil oxirida ularning soni 6 million bo‘lib, oldingi davrlarda 9-10 milliongacha bo‘lgan.