Farg‘ona zavodi “Evro-4” dizel yoqilg‘isining ilk partiyasini birja savdosiga qo‘ydi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBirja
Birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “Evro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isining ilk partiyasi O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali savdoga qo‘yildi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. 2021-yilning 29-mart kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) “Evro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isining ilk partiyasi O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali savdoga qo‘yildi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lumki, ilgari ushbu zavodda ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi sifati “Evro-2” standartidan oshmasdi. Ushbu yoqilg‘ining sifatini dunyo standartlariga moslashtirish maqsadida uni modernizasiya qilish dasturining birinchi bosqichi doirasida dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmasi (GDS) katalizatori Fransiyaning “Axens” kompaniyasining yangi va ancha zamonaviy katalizatoriga almashtirildi.
V NPZ Fergana nachali proizvodstvo diztopliva standarta Yevro-5 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2020
Farg‘ona neft zavodida "Yevro-5" dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish boshlandi
Ta’kidlanishicha, FNQIZ mutaxassislarining ko‘p yillik tajribasi tufayli yangi katalizator GDS qurilmasi reaktoriga “Axens” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokisiz mustaqil ravishda o‘rnatildi. Keyinchalik tegishli ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilgach, sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, ekologik toza va sifatli “Evro-4” standartidagi dizel yoqilg‘isi uchun muvofiqlik sertifikati qo‘lga kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0