Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 30-mart kuni O‘zbekistonga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Vengriya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida Viktor Orban Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.
Ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar davomida ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.
Maket AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2020
Vengriya O‘zbekistonning atomga oid loyihalarida faol ishtirok etmoqchi
Shuningdek, qayd etilishicha, vengriyalik biznes vakillari ham Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik hamkorlari bilan iqtisodiy va savdo imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Turkiy kengashning Bokudagi sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0