https://oz.sputniknews.uz/20210328/moskvadagi-jahon-kubogida-ozbekistonlik-sambochilar-umumjamoa-hisobida-ikkinchi-bolishdi-17993045.html
Moskvadagi Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi
Moskvadagi Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etildi.
2021-03-28T09:48+0500
2021-03-28T09:48+0500
2021-04-01T16:22+0500
sport
o‘zbekiston
sambo
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17992872_0:0:1300:731_1920x0_80_0_0_c0ed534871c281e3c809caca3fae6512.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etildi. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi sambochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi. Cportchilar turnir davomida 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.Jahon kubogida Bahodir Bakiyev va Ixtiyor Eshmurodov oltin medalni O‘zbekistonga taqdim etdi.Homidjon Mo‘minov, Dilshod Choriyev, Hakimjon Ismoilov, Sabina Davlatova, Husniddin Husanov va Oybek Soliyev kumush medal bilan taqdirlandi.Sherzodbek Ismoilov esa bronzaga ega chiqdi.Bu borada birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston terma jamoalari band etishdi. O‘zbekistonlik jangovar sambochilar esa Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17992872_0:0:1300:975_1920x0_80_0_0_846653006791c336b5824efed548b943.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, sambo, moskva
sport, o‘zbekiston, sambo, moskva
Moskvadagi Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi
09:48 28.03.2021 (yangilandi: 16:22 01.04.2021) Sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogida o‘zbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi tashkil etildi. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi sambochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb
xabar qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi. Cportchilar turnir davomida 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Jahon kubogida Bahodir Bakiyev va Ixtiyor Eshmurodov oltin medalni O‘zbekistonga taqdim etdi.
Homidjon Mo‘minov, Dilshod Choriyev, Hakimjon Ismoilov, Sabina Davlatova, Husniddin Husanov va Oybek Soliyev kumush medal bilan taqdirlandi.
Sherzodbek Ismoilov esa bronzaga ega chiqdi.
“Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz musobaqada umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Bu borada birinchi o‘rinni Rossiya, uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston terma jamoalari band etishdi. O‘zbekistonlik jangovar sambochilar esa Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.