Deputatlar birinchi o‘qishda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Minoboroni vzali pod kontrol karantinnie sentri
Voyennoslujashie Minoboroni vzali pod kontrol karantinnie sentri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 2021 yil 25-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qildi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda, O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi keng tarqalib, ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa favqulodda chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etadi. Shuning bilan birga, milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida favqulodda holatni tatbiq etishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar aks ettirilgan.
Proverka dokumentov voditeley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2020
Adliya vaziri o‘rinbosari nega "Favqulodda vaziyat" e’lon qilinmayotganini tushuntirdi
Jumladan, favqulodda holatni joriy qilish tartibi, ushbu jarayonda qo‘llaniladigan choralar va cheklashlar, favqulodda holat amal qiladigan davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari, favqulodda vaziyat sharoitida jismoniy va yuridik, shuningdek, mansabdor shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi va boshqa maxsus qoidalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.
Deputatlar ushbu qonun loyihasi juda muhimligini, pandemiya davrida bu boradagi huquqiy asosga ehtiyoj sezilganini qayd etdi.
Xalq vakillarining fikricha, mazkur hujjatning qabul qilinishi davlat boshqaruvi tizimi orqali samarali va tezkor favqulodda choralarni qo‘llashga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, qolaversa, O‘zbekistonning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0