https://oz.sputniknews.uz/20210327/yirtilmaydi-suvda-ivimaydi--ozbekistonda-toshdan-olinadigan-noyob-qogoz-ommalashmoqda-17987542.html
Yirtilmaydi, suvda ivimaydi – O‘zbekistonda toshdan olinadigan noyob qog‘oz ommalashmoqda
Yirtilmaydi, suvda ivimaydi – O‘zbekistonda toshdan olinadigan noyob qog‘oz ommalashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda toshdan (marmar ishlab chiqarishdan qolgan mayda toshlardan) olinadigan noyob qog‘oz tobora ommalashmoqda.
2021-03-27T13:10+0500
2021-03-27T13:10+0500
2021-03-27T13:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1b/17987409_0:512:2731:2048_1920x0_80_0_0_e56f41f9c0d2742d5f5db8dfeb76a65e.jpg
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda toshdan (marmar ishlab chiqarishdan qolgan mayda toshlardan) olinadigan noyob qog‘oz tobora ommalashmoqda.Toshdan olinadigan qog‘ozdagi yozuvlar uzoq vaqt davomida saqlanadi (o‘chmaydi) va u allergik reatsiyalar keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, qog‘ozga suv ostida ham yozsa bo‘ladi.Tan narxi ham oddiy qog‘ozga nisbatan bir necha barobar arzon.Bunday qog‘oz poligrafiya ishlarida, eksport mahsulotlarini qadoqlashda foydalanishda, gulqog‘ozlar ishlab chiqarishda juda qo‘l keladi. Qolaversa, mahsulot uchun xom-ashyo o‘zimizda, O‘zbekistonda juda ko‘p - 100% mahalliy mahsulot, deydi faxr bilan suhbatdosh.Albatta, suhbatdoshning faxrlanishiga sabab bor. Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqaradigan ushbu korxona MDH maydonida yagona bo‘lgani uchun, bugungi kunda bu zavodga Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Kanadadan katta qiziqish bildirilmoqda.Korxonadagi ishlab-chiqarish Xitoydan olib kelingan noyob texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda yiliga 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqariladi.Ma’lumot uchun: jahon qog‘oz sanoatining ehtiyojlari uchun har yili 1 000 000 kvadrat km dan ortiq o‘rmon kesiladi. Taqqoslash uchun, Misrning maydoni 1010 000 km². Bunga ulkan energiya xarajatlari va zaharli chiqindilarni qo‘shing va biz ulkan uglerod iziga ega bo‘lamiz. Shu bois, toshdan olinadigan qog‘ozga kelajak uchun amalga oshiriladigan eng yaxshi investitsiya sifatida qarash lozim.
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1b/17987409_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_1a6236b6600fce2d661f82b80c46e86a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
iqtisod, o‘zbekiston, farg‘ona viloyati
iqtisod, o‘zbekiston, farg‘ona viloyati
Yirtilmaydi, suvda ivimaydi – O‘zbekistonda toshdan olinadigan noyob qog‘oz ommalashmoqda
13:10 27.03.2021 (yangilandi: 13:14 27.03.2021) Dilshoda Rahmatova
redaktor
Toshdan olinadigan qog‘ozning afzalliklari haqida gap borganda, eng avvalo bir tonna mahsulotni ishlab chiqish uchun 1 ta daraxt yoki 1 gramm ham suv ishlatilmasligini aytish joiz. Ammo bu ham hali hammasi emas
TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda toshdan (marmar ishlab chiqarishdan qolgan mayda toshlardan) olinadigan noyob qog‘oz tobora ommalashmoqda.
"Bir tonna mahsullot ishlab chiqarish uchun bitta ham daraxt kesilmaydi, bir gramm ham suv ishlatilmaydi. Tosh (80%) va polimerlar(20%)dan foydalaniladi. Shu bilan birga, sellyuloza qog‘ozdan sifat jihatdan farqi juda katta bo‘ladi. Sababi, toshdan ishlab chiqarilgan qog‘oz suvda ivimaydi, yirtilmaydi, juda mustahkam va yaroqlilik muddati ham ancha uzoq", – noyob qog‘ozning afzalliklari haqidagi savolga Fergana stone paper O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari Jasur Niyozov xuddi shunday javob beradi.
Toshdan olinadigan qog‘ozdagi yozuvlar uzoq vaqt davomida saqlanadi (o‘chmaydi) va u allergik reatsiyalar keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, qog‘ozga suv ostida ham yozsa bo‘ladi.
Tan narxi ham oddiy qog‘ozga nisbatan bir necha barobar arzon.
Bunday qog‘oz poligrafiya ishlarida, eksport mahsulotlarini qadoqlashda foydalanishda, gulqog‘ozlar ishlab chiqarishda juda qo‘l keladi. Qolaversa, mahsulot uchun xom-ashyo o‘zimizda, O‘zbekistonda juda ko‘p - 100% mahalliy mahsulot, deydi faxr bilan suhbatdosh.
Albatta, suhbatdoshning faxrlanishiga sabab bor. Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqaradigan ushbu korxona MDH maydonida yagona bo‘lgani uchun, bugungi kunda bu zavodga Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Kanadadan katta qiziqish bildirilmoqda.
Korxonadagi ishlab-chiqarish Xitoydan olib kelingan noyob texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda yiliga 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqariladi.
Ma’lumot uchun: jahon qog‘oz sanoatining ehtiyojlari uchun har yili 1 000 000 kvadrat km dan ortiq o‘rmon kesiladi. Taqqoslash uchun, Misrning maydoni 1010 000 km². Bunga ulkan energiya xarajatlari va zaharli chiqindilarni qo‘shing va biz ulkan uglerod iziga ega bo‘lamiz. Shu bois, toshdan olinadigan qog‘ozga kelajak uchun amalga oshiriladigan eng yaxshi investitsiya sifatida qarash lozim.