Ayrim fuqarolarning pensiya miqdori oshadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
Ayrim pensionerlarning oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Ayrim pensionerlarning oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-apreldan:
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:
- rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
- o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
- boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
- Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
- “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
Vino v bokale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
O‘zbekistonda aroq, konyak va vino narxi oshdi
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida zamonaviy fizioterapiya bo‘limi tashkil etiladi.
Shuningdek, 2021–2024 yillarda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarida ishlovchi ijtimoiy xodimlarning oliy ma’lumot olishi uchun respublika OTMlarida maqsadli kvotalar ajratiladi.
2021 yil may oyidan “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har yili bir marta sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirish tashkil etiladi.
2021 yil 1-apreldan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida 1 nafardan kutubxonachi shtat birligi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0