"EpiVakKorona"ning uchta himoya chizig‘i haqida ma’lumot berildi

© Press-slujba Rospotrebnadzora / Mediabankka o‘tishVaksina ot koronavirusa "EpiVakKorona"
Vaksina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Obuna bo‘lish
"EpiVakKorona" — Rossiyada koronavirus infeksiyasi profilaktikasi uchun "Sputnik V"dan keyin ro‘yxatga olingan ikkinchi preparatdir. U tirik virusga ega emas va sun’iy sintezlashgan peptidlardan foydalanilganlik evaziga immunitetni shakllantiradi
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "EpiVakKorona" vaksinasi uch chiziqli immun himoyani shakllantiradi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.
Preparatning ishlash tamoyili haqidagi ma’lumotlar idora rasmiy saytida e’lon qilingan.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
"KoviVak" - Rossiya koronavirusga qarshi 3-vaksinani ishlab chiqarishni boshladi
Antitanachalar SARS-CoV-2ning S-oqsilini hujayra retseptori bilan aloqaga kirishishiga mone’lik qiladi – birinchi himoya chizig‘i shunday shakllanadi.
Ikkinchi himoya chizig‘i – bu virus qobig‘ining hujayra membranasi bilan birlashishiga qarshilik qiluvchi antitanachalardir, bunda virusning kirishiga qarshilik ko‘rsatiladi. Agar patogen baribir hujayraga tushgan taqdirda, uchinchi himoya chizig‘i harakatga tushadi — makrofag, neytrofillar va tabiiy killerlar singari immun tizimi elementlari faollashadi.
Antitanachalardan iborat himoya chizig‘idan tashqari, “EpiVakKorona" T-hujayrali immun javobni hosil qilishga yordam beradi.
Vazira Mutalova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
"Vaksina olishdan emas, olmaslikdan xavfsirash kerak" - epidemiolog bilan suhbat
Ilgariroq "Infeksiya va immunitet" jurnali vaksinaning 18-60 yoshli ko‘ngillilarda o‘tkazilgan birinchi va ikkinchi faza klinik sinovlari natijalarini e’lon qilgan edi: 21 kundan so‘ng ikkinchi dozani olgandan so‘ng, barcha ishtirokchilarda antitanachalar hosil bo‘lgan.
"EpiVakKorona" — Rossiyada koronavirus infeksiyasi profilaktikasi uchun "Sputnik V"dan keyin ro‘yxatga olingan ikkinchi preparatdir. U tirik virusga ega emas va sun’iy sintezlashgan peptidlardan foydalanilganlik evaziga immunitetni shakllantiradi
Shuningdek Rossiyada COVID-19 ga qarshi ikkita vaksina bor — Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan "Sputnik V", va RFA Chumakova nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.
Yangiliklar lentasi
0