“Shon-shuhrat uchun jinnilik qilishimiz shart emas”: Nazarbekov ayrim ijodkorlarni tanqid qildi

© Press-slujba Minkulturi UzbekistanaMinistr kulturi Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Ministr kulturi Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston madaniyat vazirining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi jabhalarda madaniyat oqsamoqda.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Madaniyat sohasi bachkana emas, aqlli va keng dunyoqarashli yosh kadrlarga muhtoj. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli talabalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uchrashuvda talabalar san’at va madaniyat sohasini rivojlantirish borasidagi innovatsion taklif va loyihalari bilan o‘rtoqlashgan.
Qizg‘in munozaralarga boy bo‘lgan muloqot chog‘ida yoshlarning g‘oya va takliflarini tinglangan va ularga maslahatlar berilgan.
Akter Aziz Rametov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
IIV internetda bir-birini “talagan” Ahad Qayum va Aziz Rametovni jiddiy ogohlantirdi
Nazarbekovning ta’kidlashicha, har bir ijodkor, masalan shoir o‘z she’rlari, yozuvchi va rassom o‘z asarlari, ssenarist bo‘ladimi, rejissor yoki xonandami, umuman kim bo‘lishidan qat’iy nazar madaniyat targ‘ibotchisi bo‘la olishi mumkin.
Vazir ba’zi jabhalarda madaniyat oqsayotganini afsus bilan qayd etgan. Ayniqsa pul va boylik, mashhurlik va doimo trendda bo‘lish istagida ayrim ijodkorlar nojo‘ya harakat, pastkashlik va bachkanaliklar qilmoqda.
“Shon-shuhrat uchun jinnilik qilishimiz shart emas, shunchaki maqsadlarimizni to‘g‘ri qo‘ya olsak, shu xalqning, jamiyatning madaniy salohiyatiga hissa qo‘shaman degan g‘oya bilan yashasak kifoya. Qolgani o‘zi keladi. Unutmaylik, hayotning yechimi bu jinnilik orqali mashhurlikka erishish va trendda turishdan iborat emas”, - dedi Ozodbek Nazarbekov.
Uchrashuvda shu kabi fikrlar talaba-yoshlarga uqtirilgan va ba’zi bir ijodkorlarning xato va kamchiliklaridan tegishli xulosa chiqarishlari lozimligi ta’kidlangan.
Yangiliklar lentasi
0