https://oz.sputniknews.uz/20210323/urganchda-yarim-yalangoch-holda-sumalak-pishirganlarga-jazo-berildi-17919804.html
Urganchda yarim yalang‘och holda sumalak pishirganlarga jazo berildi
Urganchda yarim yalang‘och holda sumalak pishirganlarga jazo berildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida yarim yalang‘och holda sumalak pishirgan shaxslarga jazo tayinlandi.
2021-03-23T21:19+0500
2021-03-23T21:19+0500
2021-03-23T21:19+0500
hodisalar
xorazm viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida yarim yalang‘och holda sumalak pishirgan shaxslarga jazo tayinlandi.Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqildi.Huquqbuzar sifatida jalb etilgan xotin-qizlar va guvohlarning fikrlari eshitilgan. Ayollar o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini tushunib yetganini va aybidan pushaymonligini ma’lum qilgan.“Sumalak bazmi” ishtirokchilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilgan. Ularning uch nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.Shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun sutkasiga BHMning 15% miqdorida jami 551 200 so‘m undirilishi belgilandi. Qolgan uch nafarining oilaviy ahvoli, farzandlari borligi inobatga olinib, BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.Eslatib o‘tamiz, Urganch shahridagi “Saxara” kafesida bir guruh xotin-qizlarning yarim yalang‘och kiyingan holda sumalak pishirishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , xorazm viloyati
hodisalar , xorazm viloyati
Urganchda yarim yalang‘och holda sumalak pishirganlarga jazo berildi
“Sumalak bazmi” ishtirokchilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan aybdor deb topilgan.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida yarim yalang‘och holda sumalak pishirgan shaxslarga jazo tayinlandi.
Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Huquqbuzar sifatida jalb etilgan xotin-qizlar va guvohlarning fikrlari eshitilgan. Ayollar o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini tushunib yetganini va aybidan pushaymonligini ma’lum qilgan.
“Sumalak bazmi” ishtirokchilari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilgan. Ularning uch nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun sutkasiga BHMning 15% miqdorida jami 551 200 so‘m undirilishi belgilandi.
Qolgan uch nafarining oilaviy ahvoli, farzandlari borligi inobatga olinib, BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Urganch shahridagi “Saxara” kafesida bir guruh xotin-qizlarning yarim yalang‘och kiyingan holda sumalak pishirishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Viloyat IIB holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib
borilayotganini ma’lum qilgan edi.