O‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiyaga kirish cheklovi saqlanib qolinmoqda – elchixona

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Hozircha Rossiyada tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari bu mamlakatga kira olmaydi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiyada tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu davlatga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi eslatma bilan chiqdi.
“Rossiyaga o‘qish uchun 25 mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. 2021-yil 23-mart holatiga ko‘ra, Rossiya ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirishi uchun ochiq davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Nega O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berilmayapti
Qo‘shimcha savollar yuzaga kelganda Rossiya Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligining Situatsion markaziga murojaat qilish tavsiya etilgan telefon - +7(495)198-00-00, elektron manzil: scminobr@mail.ru
Eslatib o‘tamiz, Rossiya xorijlik talabalar uchun o‘z chegaralarini ochdi. Mamlakatga faqat Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik vaziyati xavfsiz sifatida tavsiya qilingan xorijiy mamlakat fuqarolari kirishi mumkin. Rospotrebnadzor doimiy ravishda Rossiyaga talabalar kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini doimiy ravishda yangilab turadi.
Yangiliklar lentasi
0