“Og‘ir munosabatlar”. Nega Rossiya elchisi AQShga qaytishi lozim

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i SShA v aeroportu "Vnukovo-2"
Flagi Rossii i SShA v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qarshi dahanaki hujumidan so‘ng Moskva Vashingtondagi elchisini chaqirtirib oldi. Bunaqasi sovet qo‘shinlari Afg‘onistonga kiritilgandan buyon kuzatilmagandi. Endi okeanning har ikki tomoni taxmin qilmoqda, davlat rahbarlarining omma oldidagi muloqoti, ularning yakkaka yakka suhbati bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘q. Ikki tomonlama munosabatlarni nimalar kutmoqda. Buni RIA Novosti o‘rgandi.

Elchi uyga yo‘l oldi

Rossiyaning Vashingtondagi vakili Anatoliy Antonov Moskva maslahatlashish uchun uchib keldi. “Ular qancha kerak bo‘lsa, shuncha cho‘ziladi”, deya ta’kidladi Rossiya TIV. TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova oxirgi marta Rossiya elchisi o‘z vakolatlari yakunlanguniga qadar Qo‘shma Shtatlar poytaxtini qachon tark etganini hatto eslay olmadi. Ustiga ustak, Antonov vatanda barcha zaruriy masalalarni maslahatlashib olgandan keyingina Vashingtonga qaytadi.
Dushanba kuniyoq ular TIVda muhokama qilindi. Asosiysi – bitta. “Vashington tomonidan so‘nggi paytlarlda, aslida, boshi berk ko‘chaga kiritilgan og‘ir ahvolda qolayotgan Rossiya-Amerika aloqalari vaziyatini to‘g‘irlash yo‘lini qanday belgilab olish”?
Rossiya-AQSh munosabatlari inqiroz yoqasida
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Rossiya-AQSh munosabatlari inqiroz yoqasida
“Katta ish oldinda turibdi, - dedi Antonovning o‘zi. – Biz tushib qolgan vaziyatni tahlil qilish zarur. Rossiya tomoni bir necha marotaba biz amerikalik hamkasblarimiz darajasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Hozir shunchalik aniqlashtirib olmoq darkor”.
Moskvada ikki tomonlama munosabat taftish qilinayotgan vaqtda Bayden rossiyalik hamkasbi bilan “biror bir payt” shaxsan suhbatlashish, qulay fursat kelganda esa shaxsan uchrashish istagini bildirdi.
Shu bilan birga Oq uy yana eslatmoqda: yangi ma’muriyatning Rossiya bilan munosabati oldingi to‘rt yilga qaraganda umuman boshqacha bo‘ladi. “Jo Bayden biz yomon niyatdagi qilingan deb hisoblayotgan xatti-harakatlardan xavotirni tutib turishni rejalashtirmayapti – xoh bu 2020-yilgi saylovlarga aralashish yoki Aleksey Navalniyning zaharlanishiga aloqadorlik, amerika askarlari haqidagi ma’lumot uchun (Afg‘onistondagi) mukofot pul yoki “SolarWind” kiberhujumi bo‘lsin”, -dedi matbuot kotib Jen Psaki. Xuddi shu payt Davlat departamenti Moskva bilan amerika manfaatlariga javob beradigan sohalarda hamkorlik qilishga shaylikligini bildirdi.

Xavfsizlik sari

Hamkorlik uchun sohalar unchalik ko‘p emas. Baydenning yagona tezkor vazifasi ko‘p aziyat chekkan Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish edi. Tramp jamoasi bilan muzokaralar og‘ir kechdi, amerika tomoni qo‘shimcha shartlar va unga Xitoyni jalb qilish kerak deb turib olgandi. Xitoy o‘z navbatida bundan keskin bosh tortib keldi.
Bayden va’da qilgandek, birinchi navbatda SNV-3 shartnomasini besh yilga uzaytirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu keyingi muzokaralar uchun zamin bo‘ladi.
Yangilik, albatta, yaxshi, ammo muammolar baribir bo‘ladi, deb hisoblaydi Andrey Bakliskiy, MGIMO katta ilmiy xodimi. Birinchidan, shartnoma muddati atigi besh yilga uzaytirilgan va hujjatning keyingi taqdirini muhokama qilishga har holda to‘g‘ri keladi. “Shartnoma mudofaa qurollanishni emas, strategik hujumkorlikni tartibga soladi, o‘rta va qisqa uzoqliklar tizimlar, kosmosni tartibga solmaydi. Umuman olganda, ko‘p narsa pardo ortida qoladi”, - deya tushuntiradi ekspert.
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Bayden kimning qo‘g‘irchog‘i
Endi umid AQSh jamoasini shakllantirishi bilanoq muzokaralar davom ettirilishiga. Qurollanish ustidan nima qilish qilish kerakligini hal qilish lozim. “Strategik yadroviy kuchlar bilan nima qilish kerak, keyin ro‘yxatga qarab”, - deya aniqlik kiritdi Bakliskiy.
Moskva yangi xavfsizlik tenglikni ishlab chiqish, unga barcha hujumklr va mudofaa yadroviy va noyadroviy qurollanishni kiritishni taklif qilmoqda. U xavfsizlik sohalarining ham harbiy-texnik, ham harbiy-siyosiy evolyutsiyasini inobatga olmog‘i darkor. Boshqacha qilib aytganda, muammo kompleks ko‘rib chiqish, qaysi omillar nimaga ta’sir ko‘rsatayotgani anglash va bularni muvozanatni yo‘lga qo‘yishda inobatga olish zarur.
“Masalan, agar bizda strategik kuchlarni qisqartirish ketayotgan bo‘lsa, ularni tahdid ostiga qo‘yish va raketaga qarshi mudofaa tizimni ko‘paytirish kerak emas, - deya davom ettiradi ekspert. – O‘shanda umumiy tushunishga erishamiz, aniq holatlarni muhokama qilish ma’noga ega. Hozircha aynan qandayligi noaniq. Ehtimol, bu qator alohida kelishuvlar bo‘ladi, PRO, o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar, kosmosga oid”.

Qurollanish doirasidan tashqari

Hamkorlik uchun boshqa sohalar ham bor: tinch koskom, iqlim o‘zgarishi, Yaqin Sharq, Arktikadagi hamkorlik, yuqumli kasalliklar. Ammo o‘tgan yil ko‘rsatdi: jahon pandemiyasi aloqalarning kengaytirishga ko‘maklashmaydi.
Shu bilan bir paytda Vashingtonning Kremlga qarshi sanksiya siyosati kutilgandek faollashdi. Buning ustiga qulay bahona bor. Davlat departamenti Rossiyaning sudining Aleksey Navalniy yuzasidan chiqargan qarorini qattiq tanqid qildi va uni huquq buzilishi va "siyosiy plyuralizmga bosim" deb hisobladi.
Cheklov choralari o‘zini kuttirib qo‘ymadi. Mart boshida Shtatlar Navalniy ishi tufayli 14 ta tashkilotni qora ro‘yxatga kiritdi. Ularning bari, Oq uy ta’kidiga ko‘ra, “biologik va kimoviy qurol ishlab chiqarishning turli jabhalariga” jalb qilingan. Sanksiyalar yetti nafar rossiyalik amaldorlarga qarshi ham qo‘llanilgan.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi – Putin
Vashington, agar munosabatlarni rivojlantirishga qiziqish bildirgan bo‘lsa, juda tanlab-tanlab olgan, deb hisoblaydi Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi bosh direktori Andrey Kortunov. SNV-3ni muhokama qilish fonida yangi prezidentning lavozimini bajarishga kirishishidan so‘ng izchil maslahatlashuvlar va oldinga siljishga umid hali ham bor edi. Lekin, ekspertning fikriga ko‘ra, hozir hammasi ayon: yangi ma’muriyatning Moskva bilan munosabatlarni tiklash niyati yo‘q. Baydan bayonoti va elchining chaqirtirilib olishi bilan bog‘liq janjal – bu yanada jiddiyroq muammolarning natijasi, xolos.
“Menimcha, bu yerda birlamchi, Amerika ma’muriyati Moskva bilan jiddiy muloqotda ehtiyoj sezmayapti, - deydi Kortunov. Xitoy bilan uchrashishdi (19 mart kuni Alyaskada yuqorida darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi – tahr.)”, muvaffaqiyatli bo‘lmasada, muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu hamkorlik qilish istagidan dalolat beradi. Rossiya yo‘nalishida bu yo‘q”.
Ayrimlar Baydenning so‘zlariga xohnahoy ichki auditoriyaga yo‘llangan edi hisoblashmoqda. Ehtimol, shundaydir ham, deya fikr bildiradi ekspert. Aytishadiki, u janjalkash emas, o‘zaro yon bosishga moyil, bundan tashqari yoshi bir joyga borib qolgan, shuning uchun Rossiya prezidenti eskalatsiya strategiyasini o‘tkazadi va hamkasbini sinaydi. “Agar bu shunday bo‘lsa va AQsh yetakchichi ham shunday hisoblasa, unda uning jo‘rttaga keskin va hatto dag‘alona gapi u bilan bu sahna o‘tmasligini namoyish bilan bog‘liq”, - deya tushuntiradi Kortunov.
Natijada eng dolzab masala – qurollanish ustidan nazorat – bir muddatga chetga surilgan. Yaqin besh yil ichida bunga qaytiladi, va Oq uyning Rossiyaga bundan keyin muloqot qanday borishini ko‘rsatishga vaqti bo‘ladi. Hozirgi janjal munosabatlarning keskin yomonlashishini keltirib chiqarishi dargumon. Axir u ikki tomonlama aloqalarning qay holga kelib qolganining oqibatidir.
Yangiliklar lentasi
0