Xorazmda yarim yalang‘och holda sumalak pishirgan bir guruh qizlarga chora ko‘riladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahrida yarim yalang‘och holda sumalak pishirgan bir guruh qizlar ustidan surishtiruv boshladi.
21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi “Saxara” kafesi oldida bir guruh xotin-qizlar yarim yalang‘och holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video tarqalgan edi. Unda bu qizlar shu kafe xodimlari ekani aytilgan.
"Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan xabarda.
Boshqarma surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
Sbivay menya, sbivay: v Samarkande polugoliy mujchina perekril dorogu - video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Samarqandda yarim yalang‘och bo‘lib “Kaptiva” yo‘lini to‘sgan erkakning shaxsi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0