Toshkentda “Spark” haydovchisi urib yuborgan ikki ayoldan biri vafot etdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMedsestra ustanavlivayet kapelnitsu
Medsestra ustanavlivayet kapelnitsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
32 yoshli “Spark” haydovchisi yo‘lni piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborgan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkentda haydovchi ikki ayolni urib yubordi. Ulardan biri natijada vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
Hodisa 18-mart kuni taxminan soat 18:30 larda Mirobod tumanidagi Zarafshon va Islom Karimov ko‘chalarining kesishmasida ro‘y bergan. 32 yoshli “Spark” haydovchisi yo‘lni piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli B.R. va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2020
Namanganda "Neksiya" haydovchisi 6 yashar qizaloqni urib yubordi, norasida halok bo‘ldi
Ikkala piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 20-mart kuni piyodalardan biri B.R. muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0