https://oz.sputniknews.uz/20210322/toshkentda-bolalar-orasida-koronavirus-bilan-kasallanish-20-foizga-kopaydi--otabekov-17889385.html
Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga ko‘paydi – Otabekov
Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga ko‘paydi – Otabekov
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida bolalarning koronavirus bilan kasallanishi ulushi ortapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat
2021-03-22T18:54+0500
2021-03-22T18:54+0500
2021-04-01T16:45+0500
jamiyat
toshkent
bolalar
nurmat otabekov
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1371/25/13712577_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_e08309c91e2083eb3abe7cdf6293a8a9.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida bolalarning koronavirus bilan kasallanishi ulushi ortapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun karantin qoidalarini o‘tgan yilgidek qat’iy va keskin darajada qayta tiklashga biror asos yo‘q. Sababi kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi 3 oy ichida past darajalarda bo‘lib kelgan. Hozir birmuncha yuqori bo‘lsa ham, bu karantin cheklovlarini kuchaytirishga asos bo‘ladigan darajada emas. Otabekov shuning uchun ham Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilganini ta’kidladi. Hozir ta’til davom etayapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtirilgan. “Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.SVV vakili karantin hali bekor qilinmagani, eng muhim va birlamchi himoya usullari hamon amalda ekanini eslatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210316/toshkentda-covid-19-keng-tarqalishi-sabablari-sanab-otildi-17792609.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1371/25/13712577_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fd6ed369c06e97ede99a24cb1e6ad131.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, bolalar, nurmat otabekov, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, toshkent, bolalar, nurmat otabekov, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Toshkentda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish 20 foizga ko‘paydi – Otabekov
18:54 22.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) O‘tgan yilgi Toshkent shahridagi umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketgan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida bolalarning koronavirus bilan kasallanishi ulushi ortapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun karantin qoidalarini o‘tgan yilgidek qat’iy va keskin darajada qayta tiklashga biror asos yo‘q. Sababi kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi 3 oy ichida past darajalarda bo‘lib kelgan. Hozir birmuncha yuqori bo‘lsa ham, bu karantin cheklovlarini kuchaytirishga asos bo‘ladigan darajada emas.
Negaki kasallanish Toshkent hududi ko‘proq qayd etilayapti. Bu hududda ham bolalar ulushi ortapti. O‘tgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 25 foizdan ortib ketdi.
Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari
Otabekov shuning uchun ham Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi maktablar ta’limi onlayn tartibiga o‘tkazilganini ta’kidladi. Hozir ta’til davom etayapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lishni rejalashtirilgan.
“Mabodo vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ta’tillar muddatini uzaytirish masalasini o‘ylab ko‘ramiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
SVV vakili karantin hali bekor qilinmagani, eng muhim va birlamchi himoya usullari hamon amalda ekanini eslatdi.