Maktab binosida ziyofat uyushtirgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan ketdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPiteynie zavedeniya Moskvi
Piteynie zavedeniya Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
Chiroqchi tumanida joylashgan maktablarning birida uyushtirilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham bo‘lgan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan maktablarning birida ziyofat uyushtirgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan ketdi. Bu haqda tuman Xalq ta’limi bo‘limi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda bildirilishicha, 19-mart kuni Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabi direktori P.A. boshchiligida maktab jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida jamoa roziligi bilan 50 ming so‘mdan pul yiqqan. Jamoat bayramni o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasida uyushtirishgan. Maktabda tashkil etilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham bo‘lgan.
Privlechenie uchiteley i uchenikov shkoli nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2019
Toshkentda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etgan direktor jarimaga tortildi
Xalq ta’limi bo‘limi mudiri boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari 20-mart kuni maktabda bo‘lgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borgan.
Direktor va uning o‘rinbosarlari qilgan ishlaridan izza bo‘lib, o‘z xohishlariga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishini so‘rab ariza yozgan.
Yangiliklar lentasi
0