Itlar atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda - AQSh olimlari

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniSobaki, ojidayushie svoyego xozaina radom s plastikovimi sidenyami, izobrajayushimi litsa sveta italyanskogo flaga
Sobaki, ojidayushie svoyego xozaina radom s plastikovimi sidenyami, izobrajayushimi litsa sveta italyanskogo flaga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh olimlarning ta’kidlashicha, itlar ko‘p miqdordagi go‘shtni iste’mol qilish tufayli atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Olimlarning ta’kidlashicha, itlar ko‘p miqdorda go‘sht iste’mol qilishi tufayli atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
L’Express nashri yozishicha, Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti professori Gregori Okin tadqiqot natijalariga ko‘ra, go‘sht iste’mol qilish tufayli AQShda 160 million it va mushuklarga atrof-muhitga ta’sirining 25-30 foizini tashkil qiladi.
Unga ko‘ra, bunday chiqindilarning umumiy miqdori 64 million tonna CO2 ga yetadi, buni yil davomida 13 million avtomobil ishlangan gazni chiqarish bilan taqqoslash mumkin.
Maastrixt universiteti professori Pim Martensga ko‘ra, itlarning uglerod izi ularning yashash joyiga bog‘liq.
"O‘rtacha og‘irlikdagi it (10 dan 20 kilogrammgacha) hayoti davomida 4,2 dan 17 tonnagacha, agar u Niderlandiyada yashasa 3,7 dan 19,1 tonnagacha, Xitoyda va Yaponiyada atigi 1,5 dan 9,9 tonnagacha CO2 chiqaradi", - deydi tadqiqotchi.
Illinoys universiteti hayvonlarni oziqlantirish bo‘yicha mutaxassisi Kelli Suonson bu raqamlar biroz bo‘rttirib ko‘rsatilgan, deb atadi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik itlar va mushuklar oziq-ovqat sanoati ichak-chavoq (subprodukt) mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan yemni iste’mol qilishadi.
Ekspertlar tabiatga zararni kamaytirish uchun uy hayvonlarini ortiqcha ovqatlantirmaslikka chaqirishadi.
Yangiliklar lentasi
0