Dushanbe MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPrazdnichnaya installyatsiya, posvashennaya Navruzu, na odnoy iz ulis v Dushanbe
Prazdnichnaya installyatsiya, posvashennaya Navruzu, na odnoy iz ulis v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna bo‘lish
2020 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahri MDHning madaniy poytaxti bo‘lgan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 2021-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda MDH internet portali xabar qilmoqda.
Dushanbe hokimi Rustam Emomaliga 21-mart kuni tegishli sertifikat topshirilgan. Marosim Opera va balet teatrida bo‘lib o‘tgan.
© Internet portal SNGDushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolisi SNG
Dushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolisi SNG
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Dushanbe poluchil sertifikat kulturnoy stolisi SNG
MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Anatoliy Iskanov Dushanbega Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti maqomi berilishi yasharish va yangilanish ayyomi Navro‘z bilan bir kunda to‘g‘ri kelgani ramziy ma’noga egaligini ta’kidladi.
Tadbir mehmonlariga shahar haqidagi qisqa metrajli film namoyish etildi. Shuningdek, ularni turli ijodiy guruhlar o‘zlarining chiqishlari bilan xushnud etishdi.
2020 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahri MDHning madaniy poytaxti bo‘lgan.
Ushbu maqom Hamdo‘stlik shaharlariga 2011-yildan buyon beriladi.
Yangiliklar lentasi
0