Jamiyat

Buxoroliklar jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlangani haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajiram vыdayut perchatki v obщestvennom transporte Tashkenta
Passajiram vыdayut perchatki v obщestvennom transporte Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllaniladi va jarimaga tortiladi.
TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Buxoro viloyatida ham ham jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlandi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Boshqarma fuqarolarni avtotransport va jamoat transportlari xizmatlaridan foydalanilganda hamda yirik savdo markazlari va aholi gavjum joylarda niqob taqish hamda ijtimoiy masofani saqlash rejimiga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan.
“Niqobsiz yurish qatʼiyan man qilinadi. Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllaniladi va jarimaga tortiladi”, - deyilgan.
Soʻrov
Kasallik avj olsa, yana karantin joriy etish kerakmi?
Xabarda faqatgina ijtimoiy masofaga va majburiy niqob taqish rejimiga qatʼiy rioya qilinishi kasallanish tarqalishining oldini olishga yordam berishi qoʻshimcha qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida karantin talablariga rioya qilish qatʼiy nazoratga olinishi xabar qilingan edi. Oʻz navbatida, Adliya vazirligi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlik uchun jarima borligi va u bekor qilinmaganini fuqarolarga eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0