https://oz.sputniknews.uz/20210321/qaysi-mamlakat-fuqarolariga-rossiyaga-oqishga-qaytishga-ruxsat-berildi-17867500.html
Qaysi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berildi
Qaysi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya ilm-fan va ta’lim vazirligi Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun qaytishga fuqarolariga ruxsat berilgan xorijiy mamlakatlar
2021-03-21T10:43+0500
2021-03-21T10:43+0500
2021-04-01T16:45+0500
rossiya
talabalar
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961603_0:0:3051:1716_1920x0_80_0_0_c804dee50e644572ab4cca7cb43f13cf.jpg
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya ilm-fan va ta’lim vazirligi Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun qaytishga fuqarolariga ruxsat berilgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Rossiya hukumatining 2021-yil 16-martdagi 639-r-sonli farmoyishi bilan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun ruxsat berilgan.Shuni e’tiborga olish kerakki, Rossiyaga o‘qish uchun faqat Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik vaziyati xavfsiz sifatida tavsiya qilingan xorijiy mamlakat fuqarolari kirishi mumkin.Hozirda Rossiyaga Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Kuba, Maldiv respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya va Yaponiyadan bo‘lgan talabalar kirishi mumkin. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.Rossiyaga kirish ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxati chet ellik talabalarga universitetlar tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek, ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali yetkaziladi.Rossiya ta’lim vazirligi chet eldan keladigan talabalar uchun chegarani kesib o‘tish tartibini ishlab chiqqan.Shu tarzda, Rossiya o‘z chegaralarini ochgan davlatlarning talabalari o‘z ta’lim muassasasini rejalashtirilayotgan sanadan o‘n kun oldin oldindan ogohlantirishlari shart. Shuningdek ular Rossiyaga kirib kelishdan uch kun oldin koronavirusga PSR-test topshirishlari zarur bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210320/rossiya-chet-ellik-talabalarga-z-chegaralarini-ochdi-17864674.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/08/15961603_78:0:2809:2048_1920x0_80_0_0_9dc771c268995e09512fbcfb1b77a782.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, talabalar, covid-19 umumjahon pandemiyasi
rossiya, talabalar, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Qaysi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berildi
10:43 21.03.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Jami 25 mamlakat fuqarolariga Rossiyaga o‘qishga qaytishga ruxsat berilgan. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya ilm-fan va ta’lim vazirligi Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun qaytishga fuqarolariga ruxsat berilgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxatini
e’lon qildi. Rossiya hukumatining 2021-yil 16-martdagi
639-r-sonli farmoyishi bilan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga Rossiyaga ta’limni davom ettirish uchun ruxsat berilgan.
Shuni e’tiborga olish kerakki, Rossiyaga o‘qish uchun faqat Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik vaziyati xavfsiz sifatida tavsiya qilingan xorijiy mamlakat fuqarolari kirishi mumkin.
Hozirda Rossiyaga Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Kuba, Maldiv respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya va Yaponiyadan bo‘lgan talabalar kirishi mumkin. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.
Rossiyaga kirish ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxati chet ellik talabalarga universitetlar tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek, ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali yetkaziladi.
Rossiya ta’lim vazirligi chet eldan keladigan talabalar uchun chegarani kesib o‘tish tartibini ishlab chiqqan.
Shu tarzda, Rossiya o‘z chegaralarini ochgan davlatlarning talabalari o‘z ta’lim muassasasini rejalashtirilayotgan sanadan o‘n kun oldin oldindan ogohlantirishlari shart. Shuningdek ular Rossiyaga kirib kelishdan uch kun oldin koronavirusga PSR-test topshirishlari zarur bo‘ladi.