https://oz.sputniknews.uz/20210320/ozbekistonga-kirish-boyicha-yangi-tartib-ornatildi-17863521.html
O‘zbekistonga kirish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi
O‘zbekistonga kirish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan O‘zbekistonga kirishda yangi tartib o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Davlat turizm
2021-03-20T14:40+0500
2021-03-20T14:40+0500
2021-03-20T14:40+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792542_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_5a46812906a8a8933c55f12c9eaa070e.jpg
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan O‘zbekistonga kirishda yangi tartib o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Davlat turizm qo‘mitasi.Endilikda:- O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoki chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress test olish tartibi 2021-yilning 15-martidan boshlab bekor qilindi; - Havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatanoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etishi talab etiladi; - Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda O‘zbekiston hududiga kiritiladi; - Bunda: koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi hamda va temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin tegishli avia yoki temir yo‘l kompaniyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida esa, tegishli aeroport, temir yo‘l vokzali hamda avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat ko‘rsatuvchi sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan nazorat qilinadi. - Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi natijasida musbat natija qayd etilgan hollarda belgilangan tartibda tegishli hududda joylashgan tibbiyot muassasalariga yuboriladi. - O‘zbekistonning So‘x tumani, Shoximardon, Cho‘nqara Toshtepa aholi punktlariga kirishda hamda ulardan O‘zbekiston tomon tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi. - 2021-yilning 25-martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat tan olingan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi. - Bunda, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tan olingan laboratoriyalarning (kamida 10 ta) ro‘yxati shakllantiriladi. Shuningdek, mamlakatga kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan elektron tizimida viza olish uchun arizalar qabul qilinishi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Respublika hududiga kirib kelish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda fuqarolar tomonidan tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, dezinfeksiya ishlarini o‘tkazib borish talabiga rioya qilish belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210313/uzbekistan-airways-maalliy-va-khalaro-ynalishlarda-parvozlar-sonini-kpaytirmoda-17737486.html
https://oz.sputniknews.uz/20210316/toshkent-sharida-koronavirus-byicha-nazorat-kuchaytiriladi-17786641.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792542_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_84bc6a9ff918351ff47ef3d77b22a56a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekistonga kirish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatildi
Mamlakatga kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan elektron tizimida viza olish uchun arizalar qabul qilinishi qayta yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan O‘zbekistonga kirishda yangi tartib o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Davlat turizm qo‘mitasi.
- O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yoki chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress test olish tartibi 2021-yilning 15-martidan boshlab bekor qilindi;
- Havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatanoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin, so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etishi talab etiladi;
- Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslar tomonidan so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga PZR (polimera zanjiri reaksiyasi) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etilganda yoki PZR natijasi bo‘lmagan hollarda chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda O‘zbekiston hududiga kiritiladi;
- Bunda: koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi hamda va temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin tegishli avia yoki temir yo‘l kompaniyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida esa, tegishli aeroport, temir yo‘l vokzali hamda avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat ko‘rsatuvchi sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
- Avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi natijasida musbat natija qayd etilgan hollarda belgilangan tartibda tegishli hududda joylashgan tibbiyot muassasalariga yuboriladi.
- O‘zbekistonning So‘x tumani, Shoximardon, Cho‘nqara Toshtepa aholi punktlariga kirishda hamda ulardan O‘zbekiston tomon tranzit tarzida borayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan koronavirus infeksiyasiga barcha turdagi test tahlillarini topshirish talab etilmaydi.
- 2021-yilning 25-martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilardan faqat tan olingan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoxud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi.
- Bunda, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tan olingan laboratoriyalarning (kamida 10 ta) ro‘yxati shakllantiriladi.
Shuningdek, mamlakatga kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan elektron tizimida viza olish uchun arizalar qabul qilinishi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Respublika hududiga kirib kelish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib bilan bir qatorda fuqarolar tomonidan tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, dezinfeksiya ishlarini o‘tkazib borish talabiga rioya qilish belgilandi.