Issiq-Ko‘ldan Toshkentga may oyida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishOzero Issik-Kul
Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2021
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi poyezdi qatnovi koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tgan yil to‘xtatilgan edi.
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Joriy yil may oyida Toshkent – Baliqchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar berildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati saytida.
Toshkentda "Qirg‘iz temir yo‘li" milliy kompaniya davlat korxonasi rahbari Vasiliy Dashkov boshchiligidagi delegatsiyaning "O‘zbekiston temir yo‘llari" boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdik Xosilov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Qirg‘izistonda So‘x anklaviga o‘tish tartibi tushuntirildi
Uchrashuvda yo‘lovchi poyezdi qatnovini tiklash masalasi bo‘yicha bir qarorga kelingan. Eslatib o‘tamiz, temir yo‘l sostavining qatnovi o‘tgan yilda koronavirus pandemiyasi vaqtida vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Rejaga ko‘ra, poyezd may oyidan boshlab besh oy davomida haftasiga bir marta qatnovni amalga oshiradi.
Toshkent – Baliqchi – Toshkent bo‘yicha qatnov birinchi marotaba 2019-yilda turistik mavsum vaqtida yo‘lga qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0