Qoraqalpog‘istonda "orzu daraxti" bo‘lgan uskunaga ro‘mol o‘rniga niqoblarni bog‘lab ketishmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDaxma Chilpik (Shilpik, Chilpik-kala), Karakalpakiya
Daxma Chilpik (Shilpik, Chilpik-kala), Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Obuna bo‘lish
Gap Nukusdagi yoshi 2200-yildan ortiq bo‘lgan Shilpiq-qal’a haqida bormoqda. Qal’a ustidagi piramida shaklidagi temir uskunaga sayyohlar azaldan yaxshi niyat bilan turli lentalar yoki dastro‘mollarni bog‘lab ketishar edi.
TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi sayyohlar urf-odatlariga ham o‘zgarishlarni olib kirdi.
Gap Nukusdan 43 km masofadagi tabiiy yassi tepalikning cho‘qqisida joylashgan qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Shilpiq-qal’a haqida bormoqda.
Shilpiq-qal’ada tumandagi eng baland tushov o‘rnatilgan bo‘lib, geodezik piramida allaqachon sayyohlar uchun "orzu daraxti" vazifasini o‘tab kelayotgan edi. U butunlay matolardan kesilgan tasmalar bilan qoplangan: mahalliy aholi va turistlar ularni baxt va omad tilab bog‘laganlar.
Biroq hozirda piramidani rango-rang shaxsiy himoya vositalari - tibbiyot niqoblari "bezab" turganini ko‘rish mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaChalpik-Kala, Karakalpakstan
Chalpik-Kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Chalpik-Kala, Karakalpakstan
Mahalliy aholi sayyohlarning ushbu uskunaga niqob bog‘lab ketayotganini quyidagicha tushuntiradi: ushbu art-obyekt "Orzu daraxti" deb nomlangani uchun ham, sayyohlar koronavirus pandemiyasi tezroq tugashini niyat qilib, unga niqoblarni bog‘lab ketayotgan bo‘lishlari mumkin.
Biroq piramidaga bog‘langan niqoblarning aksariyat qismi - ishlatilganligini ko‘rish mumkin. Sputnik muxbiri bilan suhbatda mutaxassis foydalanilgan niqoblarni bunday joylarga bog‘lamaslik, balki ularni ehtiyotkorlik bilan utilizatsiya qilish lozimligini aytadi. Negaki niqoblarda virus parchalari saqlanib qolishi mumkin.
Shu bois, foydalanilgan niqoblarni alohida sellofan paketga joylab, chiqindi uchun mo‘ljallangan konteynerlarga tashlagan ma’qul. Sababi, sintetik materiallardan tayyorlangan niqoblar yuz yillar davomida ham chirib yo‘q bo‘lmaydi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Buxoro va Qoraqalpog‘istondagi 30 ta maktab ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Ma’lumot uchun: mazkur qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Dahmiy Chilpiq (Shilpiq, Chilpiq-qal’a) yoshi 2200-yildan ortiq. Chilpiq - bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora.
Minoraning asos qismidan daryo tomon yo‘lak tushgan. Minora va uning atrofida loy taxtachalar va tosh ossuarilar topilgan bo‘lib, ularning ayrimlari bugun Nukus va Toshkentdagi muzeylarda saqlanib kelinmoqda. II-IV asrlarda zardushtlar dahmasi sifatida qad rostlagan bo‘lsa, IX-XI asrlarda mahalliy aholi undan xabar minorasi sifatida foydalangan.
Bu yerlarga arablarning kelishi (VII asr) bilanoq, minora qayta qurilgan, so‘ngra, IX-X asrlarda Qadimiy Xorazmning gullagan vaqtlarida yana ta’mirlangan. Bir qator tadqiqotchi olimlarning fikricha, xorazmliklar Chilpiqdan Xorazmshohlar davlatining boshqa qal’alari bilan bir qatorda xabar yetkazish va mudofaa minorasi sifatida foydalanishgan. Chilpiq Qoraqalpog‘istonning yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanib, hatto respublika gerbida ham uning tasviri aks ettirilgan.
Yangiliklar lentasi
0